18-iyun kuni uchinchi marta ota-onalik baxtiga sazovor bo‘lgan xonandalar juftligi Oybek va Nigora 22-iyun kuni qizalog‘ini tug‘ruqxonadan olib chiqdi. Samiya ismi berilgan qizaloq katta dabdaba bilan tug‘ruqxonadan olib chiqildi. Xonandalarning uyiga ko‘plab shou-biznes vakillari jam bo‘ldi. Ular yashaydigan xonadon yo‘lagi bayramona bezatildi. Oilaning yaqinlari, qo‘ni-qo‘shnilar ularning quvonchiga sherik bo‘lish uchun tashrif buyurdi. Chaqaloqni kutib olish marosimida Oybek va Nigora qizlariga atab kuylagan “Qizim” deb nomlangan qo‘shiq jarang sochdi.
Oybek va Nigoraning qizalog‘ini tug‘ruqxonadan olib chiqishi to‘yga aylanib ketdi (video)
Mavzuga doir
×
Izoh (0)