Genri Fordning chevarasi Ford Motor Company’ning direktorlar kengashi tomonidan saylangan investerlar bilan aloqalar bo‘yicha vitse-prezident lavozimidan ketdi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Ford

Automotive News nashrining yozishicha, Genri Ford III oilaviy biznesga 2006-yilda kelib qo‘shilgan va mehmat munosabatlari, mahsulotlarni loyihalashtirish, xaridlar, dilerlar bilan aloqa hamda Ford Performance marketing bilan shug‘ullangan. Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchisining direktorlar kengashi tomonidan saylanganidan so‘ng, u lavozimdan ketmoqda. “Ford’dagi 15 yillik mehnatimdan so‘ng, tashqaridan buyuk kompaniyamizga nazar solish obyektivlikni oshirishiga va kuchli hamda kuchsiz tomonlarimizni konstruktiv tanqid qilish imkonini berishiga ishonaman”, — deydi Genri Fordning chevarasi.

Genri Fordning nabirasini nabirasi 2002-yilda Dartmut kollejini tamomlagan va ingliz adabiyoti bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lgan. O‘rta va katta maktabda matematika hamda tarixdan dars berish jarayonida u oilaviy bizneslari doimo o‘ziga jalb qilib kelganini ta’kidlagan. “Mijozlarimizga yoqadigan mahsulot va xizmatni taqdim etish uchun birgalikda ishlash jarayonimizdagi sehrni ko‘rardim”, — deydi Ford III. Shu bilan birga, Genri Fordning yana chevarasi Edsel Ford II kompaniyaning direktorlar kengashidan ketgan va moliya, barqarorlik va innovarsiya qo‘mitasida ishlashga o‘tgan.

Ma’lum qilinishicha, Genri Ford III lavozimdan ketgani bilan direktorlar kengashi a’zosi hisoblanadi.