Mazali, hazmi yengil va ishtahaochar mazkur taom oddiy mahsulotlardan tayyorlanadi.
Kerakli mahsulotlar:
- pomidor — 4 ta;
- piyoz — 1 dona;
- sarimsoq — 1 bo‘lak;
- sariyog —1 osh qoshiq;
- pishloq — 200-250 g;
- tuxum — 2 ta;
- maydalangan murch;
- yangi yoki maydalangan oregano;
- rayhon bargi — 6-7 ta;
- tuz.
- Pomidorlarni aylana shaklida kesib, tuz seping va 10-12 daqiqaga qoldiring.
- Mayda to‘g‘ralgan piyoz va sarimsoqni yog‘da qovirib oling.
- Pishloqni qirg‘ichdan chiqarib, ozginasini ustiga sepish uchun olib qo‘ying. Tuxumga qolgan pishloq qovirilgan piyoz, tuz, murch va ko‘katlarni solib yaxshilab aralashtiring.
- Pomidorning suvini olishi uchun ularni qog‘ozga yoyib qo‘ying.
- Zapekanka qolipiga avval pomidorning bir qismini, so‘ngra pishloqli-tuxumli aralashmani quying. Xuddi shu harakatni bir necha bor takrorlang va eng ustiga qolgan pishloqni seping.
- 190 darajali pechga 30-40 daqiqa davomida pishirib oling. Kesishdan avval zapekanka sovishini 6-7 daqiqa kuting.
Mavzuga doir:
Izoh (0)