• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    1,5 mln dollarlik mukofot, bepul pitssa va tovuq. Jahonda COVID-19’ga qarshi emlanganlar qanday rag‘batlantirilmoqda?

    Koronavirusga qarshi vaksinalarning xilma-xilligiga qaramay, dunyo bo‘ylab odamlarni emlash darajasi hali jamoaviy immunitetni shakllantirishga imkon bermayapti. Mamlakatlar o‘z fuqarolarini nafaqat taqiqlar bilan, balki rag‘batlar bilan ham vaksinatsiyaga undamoqda. Turli mamlakatlarda COVID-19’ga qarshi emlanganlar qanday bonuslarni qo‘lga kiritayotgani haqida “RBK” fotoreportaj tayyorladi.

    Serbiyadagi “Milyutin yaqinidagi kutubxona” restorani emlanganlarni mehmon qilish uchun sixda buqa go‘shti pishirmoqda

    Serbiyadagi “Milyutin yaqinidagi kutubxona” restorani emlanganlarni mehmon qilish uchun sixda buqa go‘shti pishirmoqda
    Foto: Reuters

    May oyida Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich oy oxiriga qadar COVID-19’ga qarshi vakisnaning to‘liq yoki hech bo‘lmaganda birinchi komponenti bilan emlanadigan har bir kishiga 3000 dinor (taxminan 25 yevro yoki 30 dollar) va’da qildi. Kraguyevaz shahrida “Milyutin yaqinidagi kutubxona” restorani o‘z zallaridan birida emlash punkti tashkil qilish bilan birga  emlangan barcha mehmonlarni sixda pishirilgan buqa go‘shti bilan bepul mehmon qildi.

    Kaliforniya gubernatori Gevin Nyuson Vax for the Win loteriyasida sovrin yutish uchun qo‘lida shariklarni aylantirmoqda

    Kaliforniya gubernatori Gevin Nyuson Vax for the Win loteriyasida sovrin yutish uchun qo‘lida shariklarni aylantirmoqda
    Foto: Reuters
    Kaliforniyada rasmiylar Vax for the Win lotereyasini boshladi. Unda vaksina olgan kaliforniyaliklarning barchasi ishtirok etishi mumkin, ammo avval ularning emlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi kerak. Sovrinlar orasida “juma kunlari uchun 50 ming dollar”, 1,5 million dollarlik gran-pri, shuningdek, ovqatlanish va ko‘ngilochar tadbirlar uchun yo‘llanmalar mavjud. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 15 nafar g‘olib allaqachon 50 ming dollardan yutib olgan, yana o‘n kishi 1,5 million dollardan qo‘lga kiritgan. Ishtirokchilarga yangi sovg‘alar va’da qilinmoqda, 1-iyul kuni ularga yashash, ovqatlanish va dam olish xarajatlari to‘langan oltita to‘rt kishilik “orzu vaucheri” taqdim etiladi.

    Indoneziya qishloqlarida koronavirusga qarshi emlanganlarga tirik tovuqlar berilmoqda. Vaksinalarga ishonchi kam bo‘lgan keksa yoshdagi (45 yosh va undan katta) fuqarolarni emash shu tarzda rag‘batlantirilmoqda. Taqdirlash dasturi boshlanishidan oldin G‘arbiy Yava provinsiyasining Chianjur shahrida har 200 nafar mahalliy aholidan atigi 20 nafari emlangan, hozirda politsiya ma’lumotlariga ko‘ra kuniga 250 dan ortiq kishi emlash uchun ro‘yxatdan o‘tmoqda.

    Foto: “RBK”

    Rossiyaning Orexovo-Zuevo okrugi fuqarosi koronavirusga qarshi emlanganlar uchun tashkil qilingan lotoreyada mikrato‘lqinli pech yutib oldi

    Rossiyaning Orexovo-Zuevo okrugi fuqarosi koronavirusga qarshi emlanganlar uchun tashkil qilingan lotoreyada mikrato‘lqinli pech yutib oldi
    Foto: Orexovo-Zuevskiy okrugi ma’muriyatining matbuot xizmati

    Rossiyada koronavirusga qarshi emlanganlar uchun kvartiralar, avtoulovlar va jihozlar yutug‘i qo‘yilgan yoki pul to‘lanadi. Moskvada 14-iyundan 11-iyulgacha vaksinaning birinchi komponenti bilan emlanganlarning barchasi Renault Logan rusumli avtomashinani yutib olishi mumkin, 1-iyulgacha emlanishni boshlagan qariyalar 1000 rubllik chegirma kuponlariga ega bo‘ladi.

    Yamal shahrida emlanganlar orasida Apple smartfonlari, velosipedlar, quloqchinlar, Smart-soatlar, Ufa va Podmoskvyeda esa kvartiralar o‘ynalmoqda, Tolyattida vaksina olgan aholi lotereya orqali 75 ming rubl yutishi mumkin. Ammo bonuslarga va emlashni ixtiyoriy ravishda davom ettirish va’dalariga qaramay, yettita hududda ayrim toifadagi fuqarolarga emlanish majburiy etib belgilandi.

    Foto: Getty Images

    AQSh hukumati hamkorlik uchun asosan qora tanlilar tashrif buyuradigan sartaroshxonalarni jalb qilishga qaror qildi va to‘g‘ridan to‘g‘ri salonlarda vaksinatsiya o‘tkazishni so‘radi. Masalan, Chikagoda salonlarga vaksina uchun tashrif buyuruvchilar nafaqat sochlarini tekin oldiradi, balki Kaliforniyadagi Great America ko‘ngilochar bog‘iga ikkita chiptani qo‘lga kiritadi. Merilendda sartaroshxonada emlanganlar bepul sendvich bilan mehmon qilinadi, shuningdek, The Shop Spa salonida soch va soqolini oldirish uchun 30 dollarlik vaucherlarga ega bo‘ladi.

    Bog‘doddagi mahalliy qahvaxona koronavirusga qarshi emlanganlarni bepul qahva bilan mehmon qilmoqda. Buning uchun tashrif buyuruvchilar emlanganlik to‘g‘risidagi guvohnomani ko‘rsatishi kerak.

    Vashington shtatida 21 yoshdan katta fuqaro emlanish evaziga marixuana o‘ramini bepul olishi mumkin. Aksiya 12-iyulga qadar davom etadi, davlat tomonidan vakolat berilgan kanabis sotuvchilar bir o‘ramdan marixuana tarqatadi. Koronavirusga qarshi emlanganlar, shuningdek, bepul pivo, sharob yoki kokteyl talab qilishi mumkin. Nyu-York aholisiga ham marixuana o‘ramlari taqdim qilindi. Faollar ularni Markaziy bog‘da emlanganlik guvohnomasini ko‘rsatgan katta yoshlilarga tarqatdi.

    Foto: “TASS”

    Xitoyda koronavirusga qarshi emlanganlarga bepul tuxum va o‘simlik yog‘i, shuningdek, oziq-ovqat va dori-darmon uchun chegirma kuponlari beriladi. Bundan tashqari, rasmiylar “tezroq ukol oling” nomli videoroliklar va shaharlarda “Buyuk immun devorini birgalikda qurish uchun o‘z vaqtida vaksinatsiya” shiori yozilgan bannerlar yordamida vaksinatsiyani rag‘batlantirmoqda.

    Foto: AP Photo

    Vashingtondagi Jon Kennedi markazi koronavirusga qarshi vaksinani olganlarning barchasiga Solace Brewing kompaniyasidan bepul pivo taklif qildi. Anheuser-Busch pivo kompaniyasi ham ichimlikni bepul tarqatishga qaror qildi. Kompaniya AQSh prezidenti Jo Baydenning 70 foiz aholini emlash maqsadiga erishilgan taqdirda, 21 yosh va undan katta bo‘lgan barcha amerikaliklarga bepul pivo tarqatishni va’da qildi.

    Vengriyada 1-maydan boshlab restoranlarga, kinoteatrlarga, go‘zallik salonlariga, sport zallariga, muzeylarga va boshqa jamoat joylariga faqat vaksinatsiya pasporti bilan kirishga ruxsat beriladi. Mamlakatdagi sertifikatlar koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bitta dozasini olganlarga beriladi. Agar muassasalar bunday pasportga ega bo‘lmagan odamlarga xizmat qilsa, jiddiy jarimaga tortilishi mumkin.

    Floridadagi Gramps bari ham hududiy hokimiyat bilan birgalikda koronavirusga qarshi emlanganlarni mukofotlashga qaror qildi. May oyi boshida emlanganlarga bepul tushlik — pitssa bo‘lagi va kokteyl taklif qilindi.

    Foto: Bloomberg

    Missurida emlash dasturini targ‘ib qilish uchun AQSh prezidentining rafiqasi Jil Bayden (suratda) Kanzasga keldi. U koronavirusga qarshi emlangan mahalliy aholiga Kanzasdagi Metropolitan Community kollejida bepul mashg‘ulotlar uchun vaucherlar tarqatdi.

    Mavzuga doir: AQSh aholisining 50 foizdan ortig‘i emlandi, ayrim shtatlarda cheklovlar butunlay olib tashlandi. Mamlakat koronavirusdan keyingi hayotga qanday o‘tmoqda? (foto)

    20.06.2021, 19:33   Izoh (0)   43384
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada ayollar Erdo‘g‘onning Istanbul konvensiyasidan chiqish qaroriga qarshi norozilik bildirmoqda

    20.06.2021, 18:10

    Argentinada birinchi marta “qora zamburug‘”ga chalinish holati aniqlandi

    20.06.2021, 15:30

    Ikkita futbol maydoni kattaligidagi asteroid 25-iyun kuni Yerga yaqin keladi

    20.06.2021, 14:29

    Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi KXDRni barcha qiyinchiliklardan olib chiqishiga qasamyod qildi

    20.06.2021, 13:07

    Moskva markazida pirotexnika ombori yonib ketdi (foto va video)

    20.06.2021, 11:26

    Bayden AQShda qullik bekor qilingan kunni federal bayram va dam olish kuni deb e’lon qildi

    20.06.2021, 08:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi

    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.