Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi “Sergeli” blokpostida ta’sir qiluvchi moddalar olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 16-iyun kuni, taxminan, soat 04:30 da Yangihayot tumanidagi “Sergeli” blokpostida Toshkent shahar IIBB xodimlari poytaxtga kirmoqchi bo‘lgan Matiz avtomobilini to‘xtatgan.

Tekshiruv davomida transport vositasi yo‘lovchisi samarqandlik 1998-yilda tug‘ilgan N.T.ning yukidan ikkita polietilen paketga o‘ralgan 600 flakon “Tropikamid” hamda 1118 ta tabletka “Regapen” dorisi topilib, xolislar guvohligida olib qo‘yilgan.

Protsessual tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, fuqaro Yangihayot tumani IIO FMBga yetkazilgan.

Avvalroq Toshkentda qariyb 100 million so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgani, Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda