Avstraliya cho‘llarida kelajakda “Formula-1” kabi bellashuvlarda ishtirok etadigan to‘rt metrli Alauda Airspeeder Mk3 poyga elektromobilining ilk sinovlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Esquire.
2021-yilning o‘zida elektromobillarning uchta havo poygasi o‘tkazilishi kutilmoqda, ularning har birida o‘nga yaqin boshqariluvchi uchar mashinalar qatnashadi. Alauda Airspeeder Mk3’ni yaratgan firma asoschisi Metyu Pirsonning so‘zlariga ko‘ra, bu “shunchaki poyga bo‘lmaydi”. Uning maqsadi — shu turdagi elektromobillarning oddiy shahar hayotiga joriy etilishini tezlashtirishdan iborat.
Avvalroq Moskvada bir marta quvvatlanish orqali 100 km yo‘l bosa oladigan havo taksisi sinovdan o‘tkazilgani, Hyundai 2025-yilga borib aeroportlarda uchar taksilar xizmatini ishga tushirishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)