• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Men ham ibodatlarimni qilib, uyda o‘tirgim keladi, ammo bu pulni o‘zimizda topolmayman”. O‘g‘lining qimordagi qarzlarini uzish uchun Moskvada ishlayotgan 56 yoshli ayol hikoyasi

    “Daryo” “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning hayotini yoritishda davom etadi. Bu galgi qahramonimiz — 2 yildan beri Moskvada ishlab kelayotgan 56 yoshli muhojir ayol.

    Suhbatdoshimizning iltimosiga ko‘ra, uning ism-sharifi hamda shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar o‘zgartirildi.

    Yoshim 56 da. Bu yerga ishga kelgunimcha Toshkentda yashaganman. Uchta farzandim bor. Ikkita o‘g‘limni uyli-joyli qilganman. Kelinlarim, nevaralarim bor. O‘g‘illarimdan biri qimor o‘ynab, katta pulga tushib qoldi. Uning qarzlarini yopaman deb men ham katta qarzga kirdim. Xullas, shularni uzaman deb ikki yildan beri Moskvada enaga bo‘lib ishlayapman.

    To‘g‘risini aytsam, boshida uydagi gap ko‘chaga chiqmasin, dardim ichimda qolaversin deb suhbatga rozi bo‘lmagandim. Keyinroq balki mening bugungi hayotim, xatolarim kimgadir ibrat bo‘lar deb o‘ylab, hammasini ochiq aytib berishga qarorga qildim.

    Asli Qoraqalpog‘istondanman. 39 yildan beri Toshkentda yashayman. 27 yoshimda beva qolganman. O‘shanda bolalarim juda yosh bo‘lgan. Qaytib oila qurmadim. Farzandlarimni yolg‘iz katta qildim.

    Otasiz o‘sgani uchun o‘g‘illarimning ko‘ngli yarim bo‘lmasin deb nima aytsa, muhayyo qildim. Bolaligidanoq yaxshi o‘qib, o‘rgansin deb kichik farzandimga kompyuter olib berdim. U esa kompyuter o‘yinlariga berilib ketdi. Pul tikiladigan poker degan o‘yinga kirib qoldi. Yoshi o‘tsa-da, aqli kirmadi.

    Ishlayotganida ham oyliklarini olib kelmasdi. “O‘g‘lim, qani puling?” desam, unga ketdi, bunga ketdi deb bahona qilardi. Ishi hisob-kitobli edi. Har oy kassa topshirardi. Ammo o‘zining oyliklari tugul davlatning pullarini ham shu o‘yinlarga tikib yuborardi. 2-3, hatto 8 million so‘mgacha pul ishlatib yuborgan paytlari bo‘lgan.

    Boshlig‘i meni tanirdi. Oyning oxirida u menga telefon qilib, “Xola, o‘g‘lingizga mana buncha pul yetmayapti” derdi. Davlatning pullarini ishlatib, qamalib ketmasin deb qarzlarini yopardim. Qolaversa, davlatdan nomiga imtiyozli uy olib, o‘zini chiqargandik. Shartlariga ko‘ra uy olayotgan shaxs davlat ishida ishlashi kerak edi. Ishidan bo‘shatishsa, davlat uyni olib qo‘ymasin, bolam ko‘chada qolmasin dedim. Undan olib, bunga berib, yillar davomida o‘zim ham anchagina qarzga botdim.

    Sekin-sekin haqdorlar uyimga kelishni boshladi. Mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar oldida sharmanda bo‘lmay deb ularga vaziyatimni tushuntirdim. Menga vaqt beringlar, chetga ketib, ishlab, har oy sizlarga pul jo‘nataman dedim. Ular rozi bo‘ldi.

    Rossiya ishga ketishga qaror qildim

    Mahallamizda bolaligimdan birga katta bo‘lgan o‘rtog‘im bor edi. U 14 yildan beri Moskvada ishlardi. O‘rtog‘im bilan bog‘lanib, bo‘lib o‘tgan voqealarni aytib berdim. Borib ishlamoqchiman, ish topishga yordam berasizmi deb iltimos qildim. U “Mayli keling, o‘zim kutib olaman” dedi. Shunday qilib, Rossiyaga ketishga qaror qildim.

    Ketishimga qarzga kirib qolgan farzandim rozi bo‘ldi. Kattasi esa qarshilik qildi. Biroq vaziyatni ko‘rib, u ham ko‘ndi. Xullas, 2019-yili boshida Moskvaga ishlashga keldim.

    O‘rtog‘im va’da berganiday meni kutib oldi. Ish topib beruvchi agentliklarning raqamlarini berdi. Ular bilan gaplashib, enagalikka ishga kirdim.

    Joy topolmay “dom”ning yerto‘lasida tunaganman

    Boshida kelganimda begona yurtda juda ko‘p qiynalganman. Uch marta ish joyimni o‘zgartirishimga to‘g‘ri kelgan. Boshida 100 yashar ayolga enagalik qilganman. U 16 kunda vafot etgan. Ertasigayoq uy egasi kelib, meni uydan chiqarib yuborgan. Qish edi. Sovuqda qayoqqa borishni bilmay qolganman.

    Agentlikda ishlaydigan sirdaryolik ayolga uchraganimda u menga tezda ish topib bergan. Yaxshiyamki, o‘shanda ishlagan kunimga olgan 16,5 ming rublgina pulim bor edi. 14 mingini unga berib (bu yerda enagalik ishlari 14 ming rublga sotiladi), mijoz bilan gaplashganman.

    Mijoz ertasiga kelishimni aytgan. Lekin bir tunni o‘tkazish uchun joy topolmay “dom”ning yerto‘lasida uxlaganman. Havo juda sovuq edi. Ko‘cha supuruvchi (“dvornik”) ko‘rib qolib, “Keling, onaxon shu yerda uxlang” deb joy bergan.

    Vaqt o‘tib, sekin-sekin bu yerga moslashdim.

    Ayollar uchun eng yaxshi ish — bu enagalik 

    Bu yerda ishlayotgan o‘zbek ayollari ko‘p. Kimlardir tashkilotlarda farroshlik qiladi, kimlardir kafelarda idish yuvuvchi, ofitsiant va menga o‘xshab qari ayol, erkaklarga va bolalarga enagalik qiladi.

    Rossiyada ish topib beradigan agentliklar bor. Ular yordamida ish topish muammo emas. Menimcha, ayollar uchun eng yaxshi kasb — bu enagalik. Qarayotgan odamimiz bilan birga yashaymiz, ovqatlanamiz. Xullas, yeb-ichish va turar joydan muammo bo‘lmaydi.

    Tunlari podyezd yuvardim

    Hozirgi ish joyimda 1,5 yildan beri ishlayman. Men qaraydigan ayol(kampir) nogiron, faqat yotadi. Osh-ovqatini beraman, uy yig‘ishtirib, xarajatlarini o‘zim qilaman.

    Enagalik qilish bilan birga kechalari qo‘shni uylarning podyezdini yuvdim. Jadvalga qarab kun davomida 18 qavat podyezdni yuvib chiqardim. 18 ming rubl pul olardim. Quvvatim yetmasdi, harna bo‘lsin deb ishlayverardim.

    Oxirgi marta yuvayotib, zinada yiqilib ketdim. Allohga shukr, yomon tushmadim. Keyin o‘zimga-o‘zim “To‘xta, kasal bo‘lib qolsam kim pul topadi? Kim qarzlarni uzadi?” deb o‘ylab, ishdan bo‘shashga qaror qildim.

    O‘sha kuni uyga borib, joynamozda ilojsizligimdan yig‘ladim. O‘zidan yordam so‘radim. Allohning qudratini qarangki, ishni topshiradigan kunim, ko‘chada bir rus ayol meni to‘xtatib, “Bizga enaga kerak, shunday tanishlaringiz yo‘qmi?” deb qoldi. Men uyimni ko‘rsatib, shu yerda enaga bo‘lib ishlashimni aytdim. U telefon raqamlarimni yozib oldi. Ertasigayoq bog‘lanib, uyiga chaqirdi. Bordim gaplashdik. Ayolning eri “18 ming rublni men beraman, onamga qarang, u 65 yoshda, insult bo‘lgan, yarim tomoni ishlamaydi. Ertalab kelib nonushtasini, tushlikda ovqatini berasiz. Haftasiga bir marta massaj qilasiz” dedi. Rozi bo‘ldim.

    Allohning chevarligini qarangki, ikkinchi ishimdan bo‘shab, xuddi ana shunday oylikka yangi ishga kirdim.

    Hozir ikki tomonda yugurib ishlayman. Ikkala ishimdan oyiga 800 dollar atrofida pul topaman. Har oy olgan pullarimni kelinimga yuboraman, u qarzlarimni to‘laydi.

    O‘glim doim uyga qaytishimni so‘raydi

    Kampirimni ko‘tarib, hojatga olib chiqaman. Og‘ir ko‘taraverib, varikozim chiqib ketgan. Juda ko‘p siqilaman, yig‘layman. Ikki yil ichida sog‘lig‘imni yo‘qotdim. Ammo boshqa ilojim yo‘q. Eng muhimi, qarzlarimdan qutulayotganimdan xursandman.

    Katta o‘g‘lim “Ona, qayta qoling” deydi. Unga hozir qaytganim bilan buncha pulni O‘zbekistonda topolmasligimni, hali qizimni chiqarishimiz kerakligi tushuntiraman.

    U men ham yordam beraman deydi, ammo uning ham sog‘lig‘ida muammolar bor. Topganiga davolanib, bolalarini boqib kelyapti. Mendan bir so‘m ham so‘ramaydi. O‘zini o‘zi eplaydi. “Ona, u yerda birovlarning ketini tozalab topgan pulingizni bolalarimga yedirolmayman, vijdonim yo‘l qo‘ymaydi” deydi. Hayitlarda menga pul ajratadi. “Kimga qaysi qarzga berib kelay?” deydi. Ikki marta 500 dollardan qarzlarimni uzib keldi.

    Kichigimda esa unaqa harakat yo‘q. Yaqinda 30 ga kiradi. Xayoli faqat o‘yinda, kompyuterda. “Bo‘ldi, o‘ynamayman” deb qasam ichadi, lekin yana kirib ketaveradi. Kompyuter o‘yinlari hayotini qattiq zaharlagan, haliyam kelinim yaxshi, tashlab ketmaydi. O‘g‘limning hamma qiliqlariga chidab kelyapti. Ilohim, nabiralarim otasiga o‘xshamasin.

    Bolalarimni osonlikcha katta qilmagandim

    Bilasizmi, yolg‘iz boshim bilan bu bolalarni osonlikcha katta qilmagandim. Metrolarda pista, bilet sotardim. Yana Navoiy ko‘chasida ko‘p ko‘rgazmalar bo‘lardi. Yo‘lda qurt, pistalar sotib, uy-joy qildim. Qayerda ish bo‘lsa borib, hech jonimni ayamasdan, ishlardim.

    Non qolmaganda uyimdagi “tabletka”larni olib chiqib, sotib, non olib kelgan paytlarim bo‘lgan. Lekin shuncha qiynalib katta qilgan farzandim qariganimda menga bunday qilayotganlari juda alam qiladi.

    Hozir nabiralarimga qarab, duolarini qilib o‘tiraman degan paytimda, begona yurtlarda ishlab yurganimga yig‘layman.

    Dardimni hech kimga aytmayman. O‘zim bilan o‘zim qovrilaman. Bolalarimning tarbiyasida nima xato qildim deb ko‘p o‘ylayman.

    Bolam qiynalmasin, o‘ksimasin deb o‘zimni o‘tga-cho‘g‘ga urib, aytganini muhayyo qildim. Men ishlab, muzlatkichni to‘ldirish bilan ovora bo‘lib, ularni tayyoriga o‘rgatib qo‘yibman. Ko‘p erkalaganim xatoimmi deb o‘ylab qolaman? Tushundimki, bolalarni yoshligidanoq qattiq turib mehnatga o‘rgatish kerak ekan.

    O‘rmonga borib, yig‘lab kelaman

    Ota-onamni ko‘p eslayman, jigarlarimni, uyimni sog‘inaman. Joynamozda shunday kuchli yig‘i keladi, o‘zimni to‘xtatolmayman. Kampirim eshitib qolmasin deb balkonga chiqib, yig‘lab kelaman.

    Yonimizda o‘rmon bor. O‘sha yerga borib, to‘ygunimcha yig‘lab, baqirib, g‘uborimni chiqaraman. Ba’zan ruslar ko‘rib qolib, jinni ayol nima qilib yuribdi deb militsiyaga berib yubormasin deb jim bo‘laman.

    Shunaqa qilib, Rossiyada kunlarim o‘tyapti. Taskinni ibodatimdan, shu o‘rmondan topyapman.

    Shunday paytlar izsiz yo‘qolib ketgim keladi

    Eng alam qiladigani, endi qarzlarimizdan qutulay deganimda o‘g‘lim yana o‘sha o‘yinini o‘ynab yuribdi. Shunday paytlar izsiz yo‘qolib ketgim keladi. Bir kechvoray deyman, ammo yana o‘zimni bosaman.

    Ota-onam 63 yoshida o‘tib ketishgan. Meni ham o‘sha yoshga kirishimga oz qoldi. Qancha yashayman bilmayman. O‘g‘limga “meni qiynama, rahming kelsin” deyman.

    Qiynalib ishlayotganimni ham biladi, aytaman. Kechalari pol yuvib kelayotganimni, boshim aylanib, yiqilib qolganimni ham biladi. Ammo o‘zini shu kompyuter o‘yinlaridan tiyolmayapti.

    Shu onam meni dunyoga keltirdi, yedirib-ichirdi, o‘qitdi, uylantirdi, uy olib berdi, onamni qiynamay demaydi. Hatto hozirgacha turgan uyining pulini to‘lab kelyapman. Yana qarzga kirib ketsa, men to‘lab yuramanmi deb siqilyapman.

    Men ham ibodatlarimni qilib, uyda o‘tirgim keladi, ammo ishlashga majburman. Bu pulni o‘zimizda topolmayman. Chiqaradigan qizim bor, kelishimni sovchilar kutyapti. Borib qizlarimning sarposini qilaman.

    Rejam bo‘yicha yana ikki yil ishlamoqchiman. 58—60 yoshimda uyga kirib borarkanman. Bu men uchun judayam yomon holat.

    Allohimdan har kuni bolamga insof, mehr bergin deb so‘rayman. Tilagim hech bir ona men kabi yig‘lamasin. Hammaga aqlli farzandlar ato qilsin.

    Mavzuga doir:

    • “Yelkamdagi mas’uliyat og‘irligidan hatto tushimda ham O‘zbekistonda bo‘lib qolish men uchun qo‘rqinchli”. Moskvada ishlayotgan surxondaryolik yigit hikoyasi
    • “Bolalarimni o‘ksitmaslik uchun qo‘limdan kelganini qilyapman”. Turkiyada ishlab, farzandini Londonda o‘qitayotgan o‘zbekistonlik muhojir ayol hikoyasi
    • “O‘zbekistonda oyiga 500 dollar topish uchun yo kuniga 20 soatlab ishlash, yoki birovning haqqini yeyish kerak”. Rossiyada ishlayotgan 19 yoshli muhojir yigit hikoyasi
    • “O‘qimaganimda edi, hayot shu ekan deb yuraverardim”. 9 yildan beri Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojir hikoyasi
    • “Koreyada ishlab, kuniga 100-200 dollar topaman deb o‘ylayotganlar adashadi”. Janubiy Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojir yigit hikoyasi
    • “Rossiyaga qarzlarimdan qutulish uchun qochib kelganman”. Namanganlik muhojir yigit bilan suhbat
    • “O‘zbekistonga qaytish niyatim yo‘q edi, ammo...”. Oyiga 1500 dollarlik daromadli ishini tashlab, vataniga qaytgan chiroqchilik muhojir yigit hikoyasi

    Loyihada ishtirok etishni istagan muhojir yurtdoshlarimiz Telegram’dagi @daryomuxbiri’ga murojaat qilishlari mumkin.

    18.06.2021, 12:40   Izoh (0)   107819
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moskvada O‘zbekiston haydovchilik guvohnomasi bilan taksichilik qilish taqiqlanmoqda

    18.06.2021, 12:22

    “Daryo”ning “Yangiliklarni o‘qing va sovg‘alarga ega bo‘ling!” tanlovining birinchi g‘olibiga iPhone 12 topshirildi. Yana uchta iPhone o‘z egasini kutmoqda!

    18.06.2021, 12:15

    Andijonda “Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi” maxsus zonasi tashkil etiladi

    18.06.2021, 12:10

    Shavkat Mirziyoyev: “Andijondagi eng og‘ir 200 ta mahallaning har biriga 2 mlrd so‘mdan alohida resurs ajratamiz”

    18.06.2021, 11:33

    O‘zbekistonda 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to‘laydigan platforma test rejimida ishga tushirildi

    18.06.2021, 11:19

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 20 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

    18.06.2021, 11:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.