• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Prezidentning oldiga borishim qoldi, xolos”. Andijonda bozor qurgan tadbirkor shahar hokimining qarshiligi sabab mulkidan to‘liq foydalana olmayapti

    Andijonda hokimlik taklifiga ko‘ra zamonaviy bozor qurgan kompaniya, qo‘lida sud qarorlari bo‘lsa-da, o‘z mulkidan o‘zi xohlaganicha foydalana olmayapti. Bunga hokimlikning o‘zi qarshilik ko‘rsatmoqda, xususan, hokimlik tadbirkorga qarshi navbatdagi sud jarayoniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Daryo” muxbiri vaziyatni o‘rgandi.

    Muammo tarixi

    Andijon shahar hokimligi prezidentning 2017-yil 27-martdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” kompaniyasi (bozor ma’muriyati) hududidagi yaydoq yerda zamonaviy talablar asosida bozor qurish haqida qaror chiqargan. Bozor ma’muriyati mablag‘ yo‘qligi bois qurilish qilolmagan, shu bois bozorni qurish bo‘yicha bir qator tadbirkorlarga taklif bilan chiqilgan. Biroq bozor chekka hududda joylashgani, bozorni qurgach, qurilgan bino va inshootlarni sotib, bozor hududidan chiqib ketish talabi borligi sabab talabgor topilavermagan.

    “Hamkor Trans Baraka” kompaniyasi tomonidan qurilgan bozor inshootlari.

    “Hamkor Trans Baraka” kompaniyasi tomonidan qurilgan bozor inshootlari.
    Foto: “Daryo”

    Oradan bir yil o‘tgan. Prezident qarori ijrosi kechikayotgani uchun (yangi bozor 2018 yilda ishga tushishi kerak edi), shahar hokimligi yana tadbirkorlarga taklif bilan murojaat qilgan. Taklifga “Hamkor Trans Baraka” kompaniyasi rozilik bildirgan, xususan, qurilish yakunlangach, yerni bozor tasarrufida qoldirib, chiqib ketish haqida kafolat xati (bu xatni eslab qoling) ham bergan. Ammo oradan ma’lum fursat o‘tgach, kompaniya egalari agar doimiy foydalanish huquqi bo‘lmasa, bozor qurish befoyda degan fikrga kelgan va hokimlikdan shunday huquq taqdim etishni so‘ragan.

    Og‘zaki kelishuvdan so‘ng, 2018-yil 25-avgust kuni Andijon shahrining o‘sha vaqtdagi hokimi Dilmurod Rahmatullayev “Hamkor Trans Baraka” kompaniyasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori joylashgan hududdan 4,7 gektar yer maydonini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida qaror chiqarib bergan. Shunday qilib, 15 milliard so‘m evaziga zamonaviy tipdagi bozor bino-inshootlarini qurishga kirishiladi. Bu orada, 2019-yil martida Andijon tumani hokimligi qarori bilan bozor hududiga yana 0,9 gektar yer qo‘shib olinadi.

    Asror Mahmudov.

    Asror Mahmudov.
    Foto: “Daryo”

    Qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlangach, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi orqali “Hamkor Trans Baraka” kompaniyasi tomonidan mol-mulkka nisbatan kadastr hujjatlari elektron tartibda rasmiylashtirilgan. “Mulk huquqini olganimizdan so‘ng, bozorni yangidan tashkil etish maqsadida bir necha bor shahar hokimligiga xat bilan chiqdik, lekin hech qanday javob bo‘lmadi. Qonunchilikka muvofiq, yangi bozorni hokimlikning 51 foizlik ulushi qo‘shilgan holda tashkil qilish mumkin”, — deydi “Hamkor Trans Baraka” ish boshqaruvchisi Asror Mahmudov.

    Bino-inshootlar ham, mulk huquqi ham “Hamkor Trans Baraka”ga tegishli bo‘lsa-da, bozorda patta pulini eski ma’muriyat (“Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” kompaniyasi) yig‘ishda davom etavergani nizoga sabab bo‘lgan, tomonlar sudga murojaat qilgan. Birinchi instansiya sudi tadbirkor foydasiga qaror chiqargan. Ammo 2020-yilning 22-iyul kuni shaharning yangi hokimi Bahromjon Haydarov tadbirkorga eski hokim chiqargan “doimiy foydalanish huquqi” haqidagi qarorni “qonunga muvofiqlashtirish” bahonasi bilan “doimiy huquq”ni cheklash haqida yangi qaror chiqargan va bunga kompaniyaning ikki yil avval, qurilishni boshlash arafasida bergan (va deyarli hammaning esidan chiqib ketgan) kafolat xatini asos qilib ko‘rsatgan.

    “Biz o‘shanda kafolat xatini berganimizdan so‘ng, o‘ylab ko‘rib, bu qurilish bizga to‘g‘ri kelmasligini, faqat doimiy foydalanish huquqi bilan yer ajratilsagina qurilish boshlashimizni hokimlikka bildirganmiz. Shahar hokimligi o‘zi rozilik bildirib, bizga doimiy foydalanish huquqi bilan qaror chiqarib bergan. Xo‘sh, nega shu qaror qabul qilinayotganida kafolat xatiga e’tibor bermay, milliardlar sarflab, bozorni qurib bo‘lganimizdan keyin bu gap aytilyapti? Bugun kelgan hokim o‘zidan avvalgi hokimning qarorini bekor qilib tashlayversa, biror ish qilib bo‘ladimi axir?”, — deydi “Hamkor Trans Baraka” ish boshqaruvchisi.

    Tadbirkor Bahromjon Haydarovning 2020-yil 22-iyuldagi qarori ustidan sudga shikoyat qilgan. Viloyat ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasi hokimlikning bu qarorini haqiqiy emas deb topib (“qarorni qabul qilishda qonun hujjatlariga rioya qilinmagan”), qonun talablariga rioya qilinmagani uchun Andijon shahar hokimligiga nisbatan xususiy ajrim chiqargan. Biroq ish shu bilan tugaman — mojaro Oliy sudgacha borgan. Oliy sud ham 2020-yil 28-dekabrda tadbirkor foydasiga qaror chiqargan, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” kompaniyasining bozordagi faoliyatini noqonuniy deb topilib, unga bozordan chiqish haqida ko‘rsatma berilgan.

    Oliy sud qaroridan ko‘chirma.

    Oliy sud qaroridan ko‘chirma.
    Foto: “Daryo”

    Hokim oldida MIB ham ojiz

    Majburiy ijro byurosi (MIB) Andijon shahar bo‘limi ijrochisi tomonidan 2021-yil 13-aprel kuni ijro ishini tamomlash va holatni rasmiylashtirish yuzasidan dalolatnoma tuzilganiga qaramay, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” sud hujjati ijrosini bajarishdan bo‘yin tovlamoqda. Asror Mahmudovning aytishicha, MIB ijrochisiga nisbatan uning e’tirozi yo‘q, chunki u “qo‘lidan kelganicha harakat qildi”.

    “Lekin qarzdor tarafda mahalliy davlat hokimiyati manfaati borligi bois ijro oxiriga yetmayapti, sud hujjati ijrosi ta’minlanmayapti... Agar tadbirkor qarzdoru, mahalliy davlat hokimiyati organi undiruvchi bo‘lganidami, ijro uzoqqa cho‘zilmay, bir soatdayoq ta’minlangan bo‘lardi. Qonun ustuvorligi prinsipi qayda qoldi? Qonun talablari qachongacha faqat tadbirkorga kelganda ishlaydi? Yugura-yugura charchadik, prezidentning oldiga borishimiz qoldi, xolos”, — deydi u.

    Mahmudovning qo‘shimcha qilishicha, bozorda patta pulini yig‘ib olayotgan shaxslar xatti-harakatlari qonuniy emasligi haqida “Hamkor Trans Baraka” tomonidan bir necha bor yozma va og‘zaki ogohlantirilganiga qaramay, ular o‘z bilganidan qolmayapti, “biz faqat shahar hokimi aytsaganiga bu ishni to‘xtatamiz”, deb aytgan.

    Foto: “Daryo”

    “Qiziq, ularni shahar hokimi bilan nima bog‘lab turishi mumkin? Qonuniy jihatdan o‘zimizga tegishli mulklarimizni bir yildan beri o‘z xohishimizga ko‘ra foydalana olmayapmiz. Bunga Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov to‘sqinlik qilmoqda, hokim ‘Germaniyaga yozsang ham o‘zim hal qilaman’, degani-degan. Oliy sud qarori ham bajarilmayapti, Andijonda qonunlar ishlamayapti, hech qaysi tashkilot yordam bermayapti”, — deydi “Hamkor Trans Baraka” ish boshqaruvchisi.

    Andijon shahar hokimligi munosabati

    Andijon shahar hokimligi yurist-konsultanti Muftohiddin Rahmonovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, “Hamkor Trans Baraka” kompaniyasi tomonidan yerga egalik qilish bo‘yicha kadastr ro‘yxatidan o‘tkazishda anglashmovchilik bo‘lgan.

    “Kompaniyaga 2018-yil avgustida berilgan qarorda o‘sha yer maydonidagina qurilish olib borilishi ko‘rsatilgan. Hamma qarorning shu joyini noto‘g‘ri talqin qilmoqda. To‘liq yer maydoni 2015-yili shahar hokimi qarori bilan bozor ma’muriyati (“Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” kompaniyasi)ga berilgan (ammo bozor ma’muriyati olti yil davomida o‘ziga berilgan yerni davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazmagan — “Daryo”), lekin hech qim bunga e’tibor qaratmayapti”, — deydi shahar hokimligi yurist-konsultanti.

    Rahmonovning qayd etishicha, birinchi instansiya sudi “Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” kompaniyasini bozor hududidan chiqarib yuborish haqida qaror chiqargan bo‘lsa, keyingi, apellyatsiya sudida kompaniyani tadbirkor qurgan bino va inshootlardan chiqarib yuborilishi kerakligi ko‘rsatilgan. Hokimlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorning bino va inshootlariga “hech kim egalik qilgani yo‘q, ular binolarni sotib, ijaraga berib, o‘zlari tasarruf etyapti”.

    “Tadbirkor o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerni ham bino va inshoatlarga qo‘shib kadastr ro‘yxatidan o‘tkazib olgan va garovga qo‘yib, kredit olgan. Muammoli joy shu yerda”, — dedi Rahmonov. Andijon shahar hokimligi yurist-konsultantining qo‘shimcha qilishicha, hozirda “Hamkor Trans Baraka” tomonidan 2018-yilda berilgan kafolat xatini qonunga muvofiqlashtirish yuzasidan sud jarayoniga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

    17.06.2021, 22:33   Izoh (0)   40795
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahrining tamal toshini qo‘ydi (foto)

    17.06.2021, 22:12

    O‘zbekistonda aholining jismoniy tayyorgarlik holati baholanadi

    17.06.2021, 21:42

    “Shermatov vaziyatdan foydalanib, piar qilibdilar-da” — Doniyor G‘aniyev davlat budjeti tasdiqlanishi haqida

    17.06.2021, 21:27

    Namanganda ro‘y bergan bosqinchilik kuzatuv kamerasi yordamida fosh etildi. Jinoyatchilarni uy bekasining o‘zi yollagani ma’lum bo‘ldi

    17.06.2021, 21:12

    Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkilotiga a’zo 6 nafar shaxs aniqlandi

    17.06.2021, 20:26

    Jahon banki O‘zbekistondagi soliq islohotlari uchun 60 mln dollar ajratadi

    17.06.2021, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.