O‘zbekistonga 2021-yilning yanvar—may oylarida xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 2,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.
Bu 2020-yilning mos davriga (1,8 milliard dollar) nisbatan 43 foizga, 2019-yilning mos davriga (2 milliard dollar) nisbatan 30 foizga ko‘p.
Mamlakatga 2021-yil boshidan buyon yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi har oy ortib borgan. Yanvar oyida 427 million dollar yuborilgan bo‘lsa, fevralda 463 million dollar, mart oyida 525 million dollar, aprelda esa 577 million dollar yuborilgan.
Qayd etilishicha, pul o‘tkazmalari hajmi ortgani aholining iste’mol va investitsion faolligini qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu omillar, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida taklif hajmining barqaror bo‘lishi va milliy valyuta kursi shakllanishida muhim rol o‘ynadi.
Izoh (0)