Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida FVV xodimlari quduqdan ikki kishini olib chiqdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 17-iyun kuni tumanning “Do‘stlik” MFY Nilufar ko‘chasidagi uylarning birida 50 metr chuqurlikdagi quduqni tozalash maqsadida tushgan fuqaro S.S.ning boshiga tuproq to‘la temir chelak tushib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Ushbu holatga aniqlik kiritilganda, uy egasi S.S. quduqni tozalash ishlarini olib borayotganida temir chelak arqoni uzilib ketgan. Boshida himoya kaskasi borligiga qaramasdan fuqaro og‘ir tan jarohati bilan halok bo‘lgan.

Hodisani kuzatib turgan fuqaro R.T. yordam berish maqsadida chuqurlikka tushgan va qaytib chiqolmagan.

FVB xodimlari zudlik bilan belgilangan manzilga yetib borgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida qutqaruv asbob-anjomlari yordamida 50 metrlik quduqdan har ikki fuqaro olib chiqilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda FVV xodimlari xandaq qaziyotganda tuproq bosib qolgan fuqaroni, Samarqandda hovlisidagi chuqurga tushib ketgan ayolni qutqargani, Chimyonda baland cho‘qqiga chiqib, tusholmay qolganfuqarolar, shuningdek, Chirchiq daryosi o‘rtasida qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bola qutqarilgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida ikki nafar fuqaroni qutqarib qolgan FVV xodimlaridan biri esa suvda cho‘kib halok bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda