Shuhrat Bo‘ronov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
U ushbu lavozimda 2019-yilning iyunidan buyon Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib kelgan Shavkat Mavlonovning o‘rnini egalladi.
Shuhrat Bo‘ronov tayinlovga qadar Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq Navoiy va Andijon viloyati IIBga yangi boshliqlar tayinlangani, Buxoroning Vobkent va G‘ijduvon tumanlari IIBga yangi boshliqlar tayinlangani, Qashqadaryo viloyati Koson tumani IIB boshlig‘i Shahrisabz IIBga boshliq etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)