• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namanganda tadbirkor tuman hokimligi binosi oldiga 100 ga yaqin qo‘yni haydab keldi. U bo‘ynigacha qarzga botgani va boshqa iloji qolmaganini aytmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi binosi oldiga bir suruv qo‘y haydab kelingani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda “Daryo”  muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yil 15-iyun kuni soat 09:30 atrofida ro‘y bergan. Tumandagi “Jo‘raboy Oxunov Sharq Yulduzi” agrofirmasi hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Mubosher Azizbek Lazizbek Fayz” MChJ tasarrufidagi 91 bosh qo‘y tuman hokimligi binosi oldiga olib kelingan. MChJ rahbari Ulug‘bek Muhiddinov buni hokimlik tomonidan ozuqa yetishtirish uchun yer maydoni ajratilmagani, buning oqibatida tang holatda qolgani bilan izohladi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    —2017-yilda menga tuman hokimligi tomonidan chorvachilik bilan shug‘ullanish va molxona qurish uchun bir gektar yer ajratib berildi. 2019- yilda molxona qurilishini bitkazdim. 2020-yil mart oyida Rossiyadan 198 bosh Romanov zotli qo‘y olib keldim. Buning uchun Xalq banki tuman filialidan 45 ming yevro kredit olganman. Bu zotli qo‘ylarga qiziqqanim sababi ulardan yiliga ikki marotaba nasl olish mumkin, 60 kilogrammdan 90 kilogrammgacha go‘sht qiladi, juni ham pul. Rejam ularning sonini 2 mingtaga yetkazish edi. Biroq o‘xshamadi. Chunki ularni boqish uchun yem-ozuqa kerak, buning uchun esa yaylovim yo‘q. Bir yil davomida yer so‘rab qayta-qayta murojaat qildim, berishmadi. To‘g‘ri, boshqa hududdan 5 gektar joy taklif qilindi, lekin nega endi yonimda yer turib, u joylarga borishim kerak? Qo‘ylarni boqish uchun kuniga 800 ming so‘mdan 1,2 million so‘mgacha xarajat qildim. Hozir bo‘ynimgacha qarzman: kredit to‘lolmayapman, soliq, svetdan qarzim bor, maosh bermaganim uchun ishchilarim ketib qolgan. Oxiri ilojim yo‘qligidan hokimlikka qo‘ylarni haydab borishga majbur bo‘ldim, — deydi tadbirkor.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Murodjon Saidahmedovning aytishicha, mavjud tartib-qoidalarga chorvachilik yo‘nalishida fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun 30 bosh qoramol yoki 300 bosh qo‘y bo‘lishi lozim. Shunda bu xo‘jalikka 9 gektar atrofida yer ajratilishi belgilangan. Ulug‘bekning holatida esa olib kelingan qo‘ylar soni bu ko‘rsatkichga yetmaydi, biroq shunda ham unga qo‘yxona qurishi uchun 1 gektar maydon ajratilgan.

    Ozuqa ekinlari yetishtirish uchun yer so‘raganida tuman hokimligi zahirasida bo‘lgan, tadbirkor o‘zi faoliyat yuritayotgan “Jo‘ra Oxunov Sharq Yulduzi” agrofirmasi hududida joylashgan bir necha adirlik, yaylov yerlar taklif etilgan. Biroq, bu taklif ularga yaqin joyda chiqindixona mavjudligi, qo‘yxonasidan uzoqligi kabi vajlar bilan rad etilgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Tuman hokimligi mutasaddilarining bildirishicha, Ulug‘ Muhiddinov ozuqa uchun ajratib berilishi talab qilinayotgan maydonlar “Bolgar sharob” qo‘shma korxonasi qoshidagi “Yangiqo‘rg‘on marvaridlari” unitar korxonasi egaligidagi yerlar hisoblanadi. Unitar korxona ham tadbirkorlik subyekti ekanligini hisobga olinadigan bo‘lsa, ushbu yer maydonlarini “Mubosher Azizbek Lazizbek Fayz” MChJ tasarrufiga olib berishning amalda imkoni yo‘q.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Tuman hokimligi binosi oldiga qo‘ylar haydab kelinganidan so‘ng tuzilgan ishchi guruh tadbirkor faoliyat olib borayotgan adirliklarga chiqib bordi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ularga jurnalist va blogerlar ham hamrohlik qildi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ishchi guruhning hisob-kitoblariga ko‘ra, hokimlikka 91 bosh qo‘y haydab kelingan, xo‘jalikning o‘zida 34 ta qo‘y qolgan. Ya’ni jami 198 bosh bo‘lishi kerak bo‘lgan qo‘ylardan 125 tasi borligi aniqlangan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Tadbirkor bilan muloqot chog‘ida tuman hokimligi zahira yer fondidagi egalikda bo‘lmagan maydonlar Prezidentning 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan “Yer kodeksi”ga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandan so‘ng, ya’ni 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradigan tartib-qoidalarga asosan ajratib berilishini tushuntirdi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Shuningdek, ushbu farmon rasman e’lon qilingan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilguniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan mazkur farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratish qat’iyan to‘xtatilganligini bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    —Aslida ushbu tadbirkorga ajratib berilgan yer maydonidan ham to‘laqonli foydalanilmagan. Mana ko‘ryapsizlar, 1 gektar maydondan nari borsa 15 sotixida qo‘yxona qurilgan, qolgan 85 sotixi o‘t bosib yotibdi. Vaholanki, shu yerga beda ekib, yiliga bir necha bor hosil olish mumkin edi. Shunda ko‘chadan yem-ozuqa sotib olishga ham hojat qolmasdi. Tumanimizning Iskovot, Qandiyon kabi hududlaridan ham yer taklif qildik, “sharoiti yaxshi emas ekan” deb unamadi. Vaholanki, o‘sha yerlarda ham boshqa fermerlar mol-qo‘y boqib, sonini ko‘paytirib, kreditini vaqtida qaytarishni uddalayapti, — deydi tuman qishloq xo‘jalik bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Jamoliddin Qayumov.

    Xalq banki tuman filiali boshqaruvchining o‘rinbosari Elyor Soatovga ko‘ra, filial va “Mubosher Azizbek Lazizbek Fayz” MChJ o‘rtasida 2020-fevralda tuzilgan kredit shartnomasiga asosan 3 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 45 ming yevro miqdorida kredit ajratilgan. Mablag‘ Rossiyadagi “Zolotoye runo” MChJga naslli Romanov qo‘ylarini sotib olish o‘tkazib berilgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Biroq kredit shartnomasi qarz oluvchi tomonidan muntazam bajarilmay kelinishi natijasida 2021-yil 15-iyun holatiga kredit foizidan 4520 yevro, kredit asosiy qarzidan 12273 yevro, jami 16 793 yevro qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmagan. Shuningdek, bank xodimlari tomonidan 2020-yil 30-oktabrda o‘tkazilgan monitoringda 81 bosh qo‘y yo‘qligi aniqlanib, dalolatnoma tuzilgan.

    Yuqoridagi holatlar va kredit hujjatlariga ilova qilingan biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilmayotgani kredit maqsadsiz ishlatilgan deb baholanishiga sabab bo‘lgan. Shu bois 2021-yil mart oyida maqsadsiz ishlatilgan kredit mablag‘ini qaytarib olish uchun da’vo arizasi kiritilgan. 2021-yil 17-may kuni da’vo arizasi to‘liq qanoatlantirilib, garov mulkiga qaratilgan va MIB tuman bo‘limi ish yurituviga olingan. Namangan shahar prokuraturasi esa holat yuzasidan tergov olib bormoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Xullas, Namanganda mana shunday gaplar. Biz Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligidan qaytayotgan payt bu yerga haydab kelingan qo‘ylar yana mashinaga ortilayotganini kuzatdik. Ikki tomon nihoyat murosaga kelgan yoki muammoga yechim topilgan ko‘rinadi.

    Mavzuga doir:

    • “Qo‘ylar mitingi”. Nurobodda 1,5 mingga yaqin qo‘y tuman hokimligi binosi oldiga haydab kelingani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
    • “Fuqarolar rahbarlar va mutasaddilar ‘ko‘zini qo‘rqitib qo‘yish’ maqsadida qo‘ylarni hokimlik hududiga haydab kelgan” — “Qo‘ylar mitingi” bo‘yicha viloyat prokuraturasi izoh berdi

    16.06.2021, 11:21   Izoh (0)   42809
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Baxtiyor Mahkamov Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    16.06.2021, 11:11

    O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida dollar kursi 10 670 so‘mga qadar ko‘tarildi

    16.06.2021, 10:50

    “Xalqaro tashkilotlar loyihalari davom etishi uchun normativ hujjat qabul qilish kerak” — Tanzila Norboyeva

    16.06.2021, 10:43

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 350 kishida koronavirus aniqlandi. Qurbonlar soni ikki nafarga ko‘paydi

    16.06.2021, 10:32

    Buxoroda 17 yil avval xizmatga noloyiqligi sabab ishdan bo‘shatilgan IIB xodimi soxta guvohnoma bilan ushlandi

    16.06.2021, 09:26

    O‘zbekistonda bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order olish elektron shaklga o‘tkaziladi

    16.06.2021, 09:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.