Sitrus hamda mavsum mevasidan yozning issiq kunida salqinlik baxsh etuvchi muzdakkina shirinlik tayyorlab ko‘rishni tavsiya etamiz.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • apelsin – 1 dona;
  • gilos – 600 gramm;
  • shakar – 100 gramm;
  • suv – 240 ml;
  • balzamik sirka – 2 osh qoshiq;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Apelsin po‘sti qirg‘ichdan o‘tkaziladi va o‘zidan 80 ml sharbat siqib olinadi.
  2. Gilos blender yordamida tuz, shakar va apelsin po‘sti bilan maydalanadi.
  3. Mevali aralashma apelsin sharbati va suv bilan aralashtiriladi va 5-10 daqiqaga qoldiriladi.
  4. Aralashma elakdan o‘tkazilib, sirka bilan aralashtiriladi.
  5. Idish qopqog‘i yopilib, muzlatkichga qo‘yiladi.
  6. 3-5 soatga muzlatkichga qo‘yilgan shirinlik har 35-45 daqiqada sanchqi yordamida aralashtirilib turiladi.
  7. Iste’mol qilishdan avval shirinlik biroz ko‘pirtiriladi.

Yoqimli ishtaha!