So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Aydarko‘l atrofida yangi turistik hududlar, sog‘lomlashtirish maskanlari quriladi

    15.06.2021, 23:09 17246

    Hukumat 14-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

    Qarorga ko‘ra, Jizzax va Navoiy viloyatlarining turistik salohiyatini rivojlantirish maqsadida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hamda To‘dako‘l ko‘lida rekreatsion ko‘llar hududi tashkil etiladi. Shunga ko‘ra, mazkur rekreatsion ko‘llar hududida 2021—2025-yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

    Rekreatsion ko‘llar hududiga kiruvchi yer uchastkalarini tadbirkorlarga berish, ularda qurilish va barpo etish loyihalarini amalga oshirish Turizm va sport vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.

    Rekreatsion ko‘llar hududiga kirish nuqtasida axborot markazi va zamonaviy avtoturargoh tashkil etiladi.

    Shuningdek, tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida rekreatsion ko‘llar hududida qutqaruv brigadasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

    Qaror bilan tasdiqlangan konsepsiyani amalga oshirish orqali har biri 5 yillik davrni o‘z ichiga olgan 3 bosqichli quyidagi natijalarga erishiladi:

    • birinchi bosqichda jami 204 o‘rinli 6 ta joylashtirish vositasi, shuningdek, hududda ekoturistik obyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari tashkil etiladi;
    • ikkinchi bosqichda Aydarko‘l atrofidagi 33 ming gektar hududda yangi turistik hududlar, joylashtirish vositasi, sog‘lomlashtirish maskanlari, sport tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar barpo etiladi;
    • uchinchi bosqichda 300 o‘rinli joylashtirish vositalari va sport tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar tashkil etiladi, 1200 o‘ringa mo‘ljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi quriladi.
    Rekreatsion ko‘llar hududi va unga olib boruvchi 271 kilometr yo‘llar ta’mirlanib, qurilish ishlari amalga oshiriladi.

    Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2021-yilning mart oyida muhokamaga qo‘yilgandi.

    O‘zbekistonda ichki turizmni tiklash va rivojlantirish maqsadida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida va To‘dako‘l tizimida dam olish hududlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgani haqida 2020-yilning may oyida ma’lum bo‘lgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan loyihalarda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida Orom qirg‘og‘i (Leisure Coast) suv sohilbo‘yi dam olish maskani tashkil etish, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘ylab yo‘lovchi tashuvchi muntazam avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgani ko‘rsatilgan.

    2020-yilning avgustida Aziz Abduhakimov mamlakatda “Bochka” nomli sayyohlik maskaniga o‘xshash joylarning ko‘paytirilishini ma’lum qilgandi.

    Mavzuga doir: Aydarko‘l va To‘dako‘l bo‘yida kazinolar tashkil etilishi mumkin

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    Bugun, 12:45

    O‘zbekiston gender ma’lumotlar indeksida eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi

    Bugun, 11:30

    OTB hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish prognozlari yaxshilandi

    Bugun, 11:30

    Ukraina Rossiyaning Qora dengiz floti qarorgohiga zarba berishda Storm Shadow raketalaridan foydalangan — OAV

    Bugun, 11:08

    32 yoshli David de Xea faoliyatini yakunlashi mumkin

    Bugun, 10:30

    “O‘zgidromet” 24-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    Bugun, 10:24

    “Barselona” Xavi bilan hamkorlikni davom ettiradi

    Bugun, 10:12

    “Sharq” majmuasining qaysi binolari madaniy meros obyekti ekani tekshiriladi

    Bugun, 10:08

    Bayden Zelenskiyga uzoq masofali ATACMS raketalarini va’da qildi

    Bugun, 08:38

    Tavsiya etamiz

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    23:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Saratonni yenggan, liftda ko‘zi yorigan va og‘ir dardga chalingan turmush o‘rtog‘ini parvarishlayotgan Saida Rametova 66 yoshda (foto, video)

    13:00 / 22.09.2023

    Chustdagi bolalar zaharlanishi bo‘yicha Bosh prokuratura jamoatchilikdan tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi 

    01:00 / 22.09.2023

    Chustda bolalarning ommaviy zaharlanishi ortidan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova ishdan olingani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berildi

    13:00 / 22.09.2023

    Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning asosiy mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi — WSJ

    19:00 / 22.09.2023

    Shavkat Mirziyoyev Chustdagi bolalar zaharlanishi holatiga munosabat bildirdi

    19:00 / 22.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?