Samarqand shahar madaniyat bo‘limiga san’atshunoslik fanlari nomzodi, qiziqchi, “Handalak” guruhi a’zosi Ortiq Sultonov boshliq vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi.
Ortiq Sultonov dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand musiqali drama teatri aktyori sifatida boshlagan. Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali, “O‘zbekiston” telekanallarida rejissor bo‘lib ishlagan.
Ushbu tayinlovga qadar esa “Kulgi” xususiy teatri badiiy rahbari bo‘lgan.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyat bo‘limiga xonanda Otabek Mamazoitov rahbar etib tayinlandi.
Bundan tashqari, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda bir nechta tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqilgan.
Avvalroq Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga Jamoliddin Uzoqov tayinlanganligi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)