Qashqadaryoda eng baland Hazrati Sulton ziyoratgohiga davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo”ga bloger Umid Normurodov xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz shahrida 13—15-iyun kunlari yoshlar festivali o‘tkazilmoqda. Ushbu festivalning ilk kunida cho‘qqiga O‘zbekiston va yoshlar festivali bayroqlari o‘rnatilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Hazrati Sulton cho‘qqisi Surxondaryo viloyatidagi cho‘qqi bo‘lib, balandligi 4643 metrni tashkil etadi. Cho‘qqi O‘zbekistonning eng baland nuqtalaridan biri hisoblanadi. Hazrati Sulton tog‘i esa Shahrisabz tumaninig sharqiy qismida, G‘elon va Ko‘l qishloqlariga juda yaqin joyda joylashgan. Bu tog‘ Shahrisabz tumaninig sharqiy qismida, G‘elon va Ko‘l qishloqlariga juda yaqin joyda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko 1-iyun kuni Everest (Jomolungma) cho‘qqisiga ko‘tarilgandi. Qayd etilishicha, bu Nepal tomonidan o‘zbekistonlik alpinistning birinchi marta Everest cho‘qqisiga chiqishi hisoblanadi. Keyinroq Shavkat Mirziyoyev Everestni zabt etgan alpinistni “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni va Trailblazer avtomobili bilan mukofotlagan.