• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Milliy test tizimi atrofidagi mojarolar: Buxoro va Namanganda test savollari oldindan tarqalib ketgan

    O‘zbekistonda milliy sertifikat imtihonlari savollari sotuvga chiqib ketgani haqida xabarlar tarqalgandi. “Gazeta.uz” umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi atrofidagi mojarolarni o‘rgandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    11-iyun kuni anonim bloger tomonidan yuritiladigan “TentakMinds” kanali Buxoro viloyatida umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi topshiriqlari (savollari) tarqalib ketgani va Davlat test markazi (DTM) tomonidan tekshiruv olib borilayotgani haqida xabar tarqatdi. Keyinchalik ushbu kanal biologiya va kimyo fanlaridan tarqalib ketgani da’vo qilinayotgan test topshiriqlarini e’lon qildi. Jurnalist Xurshid Daliyev ham o‘z kanalida Buxoroda test topshiriqlari javoblari test o‘tkazilishidan bir kun oldin yodlatilishi haqida yozdi.

    DTM rasmiy bayonotida mazkur test topshiriqlarining haqiqatan ham milliy test tizimiga oid ekanligini tan oldi. Shu bilan birga, DTM bayonotiga ko‘ra, test topshiriqlari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari tomonidan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga maxsus transport vositalari orqali maxfiylik ta’minlangan holda test sinovi boshlanishidan bir soat oldin yetkazilgan.

    Tarqalib ketganligi va abituriyentlarga sotilganligi aytilayotgan test topshiriqlari, DTM bayonotida aytilishicha, test sinovi o‘tkazib bo‘linganidan keyin test sinoviga kirgan shaxslar tomonidan yodlab chiqilgan savollar asosida juda ko‘plab xatolar bilan kompyuterda terilgan, rasmli test topshiriqlarida rasmlar keltirilmagan.

    Shu bilan birga, “TentakMinds” kanalida e’lon qilingan test variantlari topshiriqlar soni, tuzilishi, bo‘limlar ketma-ketligi va har bir bo‘lim ichidagi topshiriqlar soni jihatidan DTM rasmiy saytida e’lon qilingan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha namunaviy test variantlari bilan bir xil ekanligini ko‘rish mumkin.

    “Gazeta.uz” bilan suhbatlashgan mutaxassislar testga kirib chiqqan abituriyentlar barcha topshiriqlarni eslab qolishi, test topshiriqlarining variant ichida ketma-ketligi, bo‘limlar bo‘yicha taqsimlanishini bu darajada aniqlik bilan tiklab berishi imkonsizligini ta’kidlagan.

    “Gazeta.uz” muxbiri bilan gaplashgan Namanganlik mutaxassis 10-iyun kuni kimyo fanidan o‘tkazilgan test topshiriqlari oldindan tarqalganini, lekin u qadar keng doirada tarqalishga ulgurmaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 11-iyun kuni biologiya fanidan o‘tkazilgan testda ishlatilgan topshiriqlar testdan bir kecha oldin juda ko‘p abituriyentlarga yodlatilgan va bu abituriyentlar 50 ta topshiriqni o‘z ichiga olgan testni taxminan 10 daqiqalarda yechib chiqib ketgan.

    Ismini oshkor qilishni istamagan namanganlik abituriyentning so‘zlariga ko‘ra, kimyo va biologiya fanlaridan abituriyent tayyorlash bilan shug‘ullanadigan tayyorlov kursida o‘qigan 300 ga yaqin abituriyent bugunga qadar shu fanlardan sertifikat olishga muvaffaq bo‘lgan va bu abituriyentlarga imtihonda tushadigan test topshiriqlari oldindan yodlatilgan. “TentakMinds” kanali Davlat test markazi direktori Majid Karimov Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida aynan shu tayyorlov kursi rahbari va o‘quvchilari bilan uchrashgani haqida yozdi.

    Bundan oldin “To‘raqo‘rg‘onliklar” Telegram-kanalida Rustam Aliyev nomi ostidagi foydalanuvchi “To‘raqo‘rg‘on tumanida kimyo-biologiya yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ayrim shaxslar Namangan viloyatida DTM savollarini noqonuniy tarqatish bilan shug‘ullanayotganligi” va “o‘quvchilariga milliy sertifikat bahosini noqonuniy olib berishga ko‘maklashayotganligi” haqida yozgan edi. Ayni paytda ushbu kanal o‘chirib qo‘yilgan.

    Milliy sertifikat uchun test topshiriqlari tuzishga jalb qilingan ekspertlardan birining xabar berishicha, u may oyida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini Namangan viloyatida biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test topshiriqlari sotilayotgani haqida ogohlantirgan. Ekspert “To‘raqo‘rg‘ondagi tayyorlov kursida tayyorlanganlar testlarda qanday natija ko‘rsatgan? Namangan viloyatining boshqa tumanlarida natija qanday, To‘raqo‘rg‘on bilan statistikasi bir xilmi? Boshqa viloyatlarning natijalari qanday?” singari savollarni o‘rtaga tashladi va DTM bayonotida bunday ma’lumotlar e’lon qilinishi kerakligini ta’kidladi.

    “Gazeta.uz” muxbiri bilan suhbatlashgan namanganlik mutaxassis ham kimyo va biologiya fanlari bilan bir qatorda, ona tili va adabiyot fanidan ham test topshiriqlari sotilganini, test topshiriqlari “DTMga aloqador shaxs” yordamida olib chiqilganini aytgan.

    DTMdagi manbalarning xabar berishicha, “TentakMinds” kanali milliy sertifikat test topshiriqlari tarqalishiga aloqador deb atagan ekspertlarning ayrimlari bundan oldin yozgi kirish test sinovlarida kimyo fani bilan bog‘liq muammolar kuzatilganligi sababli chetlashtirilgan, biroq Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan milliy test tizimi topshiriqlarini tuzishga tavsiya etilgan.

    Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-sonli qarori bilan joriy qilingan. Qarorga muvofiq, milliy test tizimi doirasida testlarni muvaffaqiyatli topshirib, sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida tegishli fandan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

    Qarorda sertifikat berish uchun tuziladigan test topshiriqlari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilishi belgilangan. DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ham testlarning mazmuniga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’lim vazirligi mas’ul ekanligini ta’kidlagan edi.

    “Gazeta.uz”dagi ma’lumotlarga qaraganda, test topshiriqlari DTMda tuzilgan. Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan tavsiya etilgan ekspertlar bilan DTM o‘rtasida test topshiriqlarini tuzish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Test topshiriqlarini tuzishga XTV va inspeksiya tavsiya etgan ekspertlardan tashqari, DTMning o‘z ekspertlari ham jalb qilingan. Xususan, ona tili va adabiyot fanidan XTV va inspeksiya tavsiya etgan ekspertlar tomonidan bitta test varianti, DTM ekspertlari tomonidan 3 ta test varianti tuzilgan va imtihonlarda shu variantlardan topshiriqlarni aralashtirgan holda shakllantiriladigan test variantlari ishlatilishi aytilgan.

    Xalq ta’limi vazirligi bunga javoban testlar tarqalib ketishining oldini olish uchun barcha ekspertlar DTM binosida ishlaganini, vazirlik testlarni alohida tuzib, taqdim etmaganini bildirdi.

    Vazirlik bayonotida aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida bosqichma-bosqich umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimining joriy etilishi belgilangan bo‘lib, hozirga qadar kimyo, biologiya, matematika hamda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan milliy test tizimi joriy etilgan.

    Test tizimi bo‘yicha qarorga muvofiq, test savollari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tavsiya qilingan mutaxassislar ishtirokida Davlat test markazining binosida tuzilgan va Davlat test markazi tomonidan nazorat materiallarini tuzishga jalb qilingan Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ekspertlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzilgan.

    “Yaratilgan testlarning joylarga yetkazib berilishi yoki testni tashkil etishda Xalq ta’limi vazirligi ishtirok etmagan”, — deb ta’kidlangan xabarda.

    Eslatib o‘tamiz, umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi uchun test sinovlari O‘zbekistonning barcha hududlarida 2021-yil 9–10-iyun kunlari o‘tkazilgan. Test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyrug‘i asosida elektron shaklda sertifikat beriladi.

    Ushbu sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

    14.06.2021, 14:21   Izoh (0)   25044
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda chiqindilarni saralab yig‘ish maqsadida rangli paketlarni tarqatish boshlanadi

    14.06.2021, 14:10

    Jahon banki O‘zbekistonga shaharlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi

    14.06.2021, 13:23

    O‘zbekistonda 15-iyun kuni harorat 38 darajagacha issiq bo‘ladi

    14.06.2021, 13:11

    Qashqadaryodagi eng baland cho‘qqiga davlat bayrog‘i o‘rnatildi (foto)

    14.06.2021, 12:46

    Chorvoqdagi oromgohlardan biri auksion orqali 14,4 mlrd so‘mga sotildi

    14.06.2021, 12:22

    Foto: Jomboydagi maktab sinfxonalarini ta’mirlayotgan o‘quvchi bolalar

    14.06.2021, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qarshida uyining tomorqasida “kannabis” yetishtirayotgan fuqaro fosh bo‘ldi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 19:00

    “Qizil sharbat” seriali yulduzi Sila Turko‘g‘lu turmushga chiqmoqda, yangi “Hukmdor Usmon” kim? turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 4 avgust, 18:50

    “Yevropaning Falastinni tan olishi AQSH bilan muloqotni qiyinlashtiradi” — WSJ

    Dunyo | 4 avgust, 18:40

    Betakror durdonalar: real voqealarga asoslangan qiziqarli filmlar

    Kino | 4 avgust, 18:25

    Jizzaxda fuqaro hokimlik zaxirasidagi yerni 500 mln so‘mga sotishga urindi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 18:15

    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

    Reklama | 4 avgust, 16:30

    Laylo, Rahmatilla Mirzayev va qotillik qurboni bo‘lgan boshqa o‘zbekistonlik mashhurlar

    Shou-biznes | 4 avgust, 17:55

    Dubayda birinchi virtual oila yaratildi (video)

    Dunyo | 4 avgust, 17:45

    Ulug‘bek Qodirov 42 yoshda: aktyor mashhurlik cho‘qqisida nega AQSHga ketgandi?

    Shou-biznes | 4 avgust, 17:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.