• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tojikistonda koronavirus qaytadan avj olgani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi buni qat’iyan rad etmoqda

    Tojikistonda so‘nggi ikki haftadan buyon ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mamlakatga koronavirus qaytgani haqida gapira boshladi, ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilayotgan kunlik ma’lumotlar mamlakatda koronavirus yo‘qligini da’vo qilmoqda, deb yozadi Asia-Plus.

    Foto: Asia Plus

    Foto: Asia Plus

    Asia-Plus’ning manbalarga tayanib xabar berishicha, mamlakatning turli laboratoriyalarida koronavirusga chalinish bo‘yicha kuniga bir nechta holatlar aniqlanmoqda.

    “Bizning laboratoriyada har kuni ko‘plab odamlar koronavirusga test topshiradi. So‘nggi ikki hafta davomida sutkasiga ma’lum miqdordagi kishilarda infeksiyani aniqladik. Masalan, 8-iyun kuni Dushanbening o‘zida 100 ga yaqin odamning testida koronavirus topildi”, — deydi “Diamed” xususiy laboratoriyasi xodimi.

    Yana bir xususiy laboratoriya ham koronavirus yuqtirish holatlari aniqlanayotganini tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, mamlakatdagi barcha laboratoriyalar Sog‘liqni saqlash vazirligiga kunlik hisobot yuboradi va COVID-19 aniqlangan taqdirda vazirlik zudlik bilan xabardor qilinadi.

    Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya epidemiologiya stansiyasi (SES) huzuridagi davlat laboratoriyasida yil boshidan beri koronavirusga topshirilgan test natijasi ijobiy chiqmagani haqida xabar berilgan. Ular boshqa laboratoriyalarda COVID-19 topilgani to‘g‘risidagi xabarlarni  mish-mish deb atadi.

    “Bir kunda 100 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgani haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Agar shunday bo‘lganida, barcha kasalxonalar to‘lib ketgan bo‘lardi” — deyiladi SES laboratoriyasida.

    Dushanbedagi koronavirusga shubha qilingan bemorlarning asosiy qismi 1-sonli shahar sog‘liqni saqlash markaziga yotqiziladi. Asia-Plus manbasi xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda deyarli har kuni 3 kishi koronavirus bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilmoqda.

    Asia-Plus manbalariga ko‘ra, Xo‘jand shahrida ham koronavirusga shubha qilingan bemorlar bor, ammo shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi buni rad etmoqda.

    “Ayni paytda mintaqada epidemiologik vaziyat tinch. Hech bir bemor koronavirus alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilmagan”, — dedi Xo‘jand yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Rustam Bo‘riyev.

    11-iyun kuni Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi  mamlakatda koronavirus mavjudligini qat’iyan rad etdi va bu haqidagi xabarlarni faqatgina mish-mish deb atadi.

    “Bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aks holda bosh shtab ularni ko‘rib chiqqan bo‘lardi. Shuningdek, koronavirus aniqlangan taqdirda, bu haqda jamoatchilik rasmiy ravishda xabardor qilinadi. Ba’zida shunga o‘xshash alomatlar — isitma, yo‘tal yoki pnevmoniya holatlari uchrab turadi, ammo birorta ham COVID-19 testiga ijobiy natija yo‘q” — dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Emomali Mirzoyev.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirining shaxsiy nazoratida, u kuniga ikki marta barcha vrachlar va boshqa mas’ul shaxslar bilan videokonferensiya o‘tkazadi. Mamlakat bo‘ylab xonadonlarni aylanib chiqish davom etmoqda va kasallik alomatlari bor odamlar nazorat ostiga olinmoqda.

    “Agar gumonlanuvchining isitmasi va quruq yo‘tali bo‘lsa, undan testlar olinadi. Ko‘pgina hollarda bu mavsumiy kasallik bo‘lib chiqadi, uning koronavirusga hech qanday aloqasi yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi Mirzoyev.

    Uning ta’kidlashicha, ko‘pincha isitma va pnevmoniya holatlari bolalar va o‘smirlarda kuzatiladi va bu sovuq ichimlik ichish yoki sovuq suvda cho‘milish bilan bog‘liq.

    Vakilning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar koronavirusni mamlakatga qayta kiritilishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Tojikistonga kelayotganlarning barchasi koronavirus testi salbiy bo‘lgan taqdirdagina mamlakatga kiritiladi. Shuningdek, og‘ir vaziyatga tushib qolgan bir qator davlatlardan, masalan, Turkiya va Hindistondan keluvchilar maxsus nazoratga olinadi. Ular karantinga rioya qilib, COVID-19’ga ikki marta test topshiradi. Natijalar salbiy chiqqanidan  keyingina cheklovlardan ozod qilinadi.

    Mavzuga doir:

    • Tojikistonda birorta ham COVID-19 bilan kasallanish holati yo‘qligi rasman ma’lum qilindi
    • “Karantindan voz kechish tufayli koronavirusni yengdik” — Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri
    • Emomali Rahmon Tojikiston koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini ma’lum qildi

    13.06.2021, 15:37   Izoh (0)   22271
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moskvada koronavirusga chalinganlar ko‘payib ketgani sababli yangi cheklovlar kiritildi. COVID-bemorlar uchun kasalxonalar tayyorlanmoqda

    13.06.2021, 14:36

    Britaniyalik olimlar koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgarganini aniqladi

    13.06.2021, 14:15

    Latviya parlamenti deputati Rossiya foydasiga josuslik faoliyati bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinmoqda

    13.06.2021, 12:34

    Saudiya Arabistoni bu yil ham Haj safari uchun chet ellik ziyoratchilarni qabul qilmaydi

    13.06.2021, 10:32

    Xitoyda sakkiz kishi kimyoviy moddadan zaharlanish oqibatida vafot etdi

    13.06.2021, 09:31

    Kim Chen In Putinni “Rossiya kuni” bilan tabrikladi va harbiy qo‘mita yig‘ilishida KXDRning mudofaa salohiyatini muhokama qildi

    12.06.2021, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektorini to‘liq bosib olishga buyruq berdi

    Dunyo | 5 avgust, 13:42

    Oyoq va qo‘llar muzlashi nimadan darak beradi? Kardiolog ogohlantiradi

    Salomatlik | 5 avgust, 13:33

    Neymar: “Tarixdagi eng yaxshi yarim himoyachi — Andres Inyesta”

    Sport | 5 avgust, 13:32

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 13:14

    Londonda 10 mln dollarlik Samsung telefonlari o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 5 avgust, 13:10

    O‘zbekistonda “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha oylik rekord yangilandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:56

    Rossiya armiyasi Xarkovdagi vokzalga hujum qildi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 12:39

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbari maslahat uchrashuviga tayyorgarlikka doir maxsus tadbirda qatnashdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:31

    “Aeroportda yolg‘iz”: Ispaniyada ota-ona 10 yoshli o‘g‘lini aeroportda qoldirib ketdi

    Dunyo | 5 avgust, 12:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.