Balenciaga modalar uyi Crocs kompaniyasi bilan hamkorlikda 3D-printerda bosilgan oyoq kiyimlarini chiqardi. G‘ayrioddiy poyabzallarning ilk egalaridan biri Kim Kardashyanning singlisi Kayli Jenner bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Kayli 3250 dollarga pushti rangdagi poshnali tuflini sotib oldi. Uning ismi poyabzalga o‘yib yozilgan. Tashqi tomondan poyabzal juda katta ko‘rinadi. Xususan, buni Kaylining kichkina qizi Stormi qo‘lida ushlab turgan suratdan ham sezish mumkin.
Brendning veb-saytida mahsulot 100 foiz poliuretandan tayyorlanganligi ko‘rsatilgan. Ayni paytda poyabzal ikki xil – pushti va och yashil rangda taqdim etilgan. Ikkala nusxa ham o‘ziga xos yorqinligi bilan ajralib turadi.
Izoh (0)