O‘zbekistonda qurilishlar hajmi 2010-yili 8,2 trillion so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 2020-yilda 87,8 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda jami 29,5 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,8 foizni tashkil etgan.

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda bajarilgan qurilish ishlari hajmi:

  • 2010 yilda – 8,2 trillion so‘m;
  • 2011 yilda – 9,5 trillion so‘m;
  • 2012 yilda – 11,7 trillion so‘m;
  • 2013 yilda – 15,2 trillion so‘m;
  • 2014 yilda – 20,1 trillion so‘m;
  • 2015 yilda – 25,4 trillion so‘m;
  • 2016 yilda – 29,4 trillion so‘m;
  • 2017 yilda – 34,7 trillion so‘m;
  • 2018 yilda – 51,1 trillion so‘m;
  • 2019 yilda – 71,2 trillion so‘m;
  • 2020 yilda – 87,8 trillion so‘m.