Toshkentning Olmazor tumanidan oqib o‘tuvchi Damashi kanalida Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi 16 yoshli yigit cho‘kib ketdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
FVV matbuot kotibi Samandar Hikmatullayevning so‘zlariga ko‘ra, yigit qo‘llarini kanal suvida yuvmoqchi bo‘lganida ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib ketgan. Guvohlar zudlik bilan voqea to‘g‘risida qutqaruv xizmatiga xabar bergan. Ayni paytda FVV xodimlari tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.
“Toshkentda suvda cho‘kish holatlari ko‘pincha boshqa viloyatlardan kelgan — talabalar yoki shu yerda ishlash uchun kelgan fuqarolar bilan sodir bo‘ladi. Buning sabablaridan biri ularning hududning tabiiy geografiyasini yoki suv chuqurligini bilmasligidir”, — degan FVV matbuot xizmati rahbari.
Avvalroq Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi Anhor kanalida cho‘kayotgan qizni qutqargan erkakning o‘zi suvga cho‘kib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)