Markaziy bank 8-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,44 so‘mga pastlab, 10 532,12 so‘mni tashkil qildi. Yevro 28,69 so‘mga ko‘tarilib, 12 808,11 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 10 547,56 so‘mni tashkil qilgandi.
May oyida O‘zbekistondagi bir necha tijorat banklarida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgandi, 4-iyun kuni banklarda dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi 10 600 so‘mdan pasaydi.
Izoh (0)