• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bizda hozirgi siyosatni inkor etadigan g‘oyalar bo‘ladi” – Alisher Qodirov prezident saylovlari to‘g‘risida

    Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik haqida so‘zladi.

    Unga ko‘ra, “Milliy tiklanish” partiyasi 2019-yil oxiridagi parlament saylovlaridan so‘ng darhol prezident saylovlariga tayyorgarlikni boshlagan. Fraksiyaning maxsus ishchi guruhi saylovoldi dasturi ustida ishlamoqda. Siyosatchi ushbu dasturga Prezident Shavkat Mirziyoyevning “amaldagi siyosatini inkor etuvchi g‘oyalar” kiritilishini ta’kidladi.

    “Bizda nafaqat o‘ziga xos g‘oyalar bor. Albatta, men hozir hamma narsani aytolmayman, chunki ishchi guruh hali bizga to‘liq ma’lumotlarni taqdim etmagan. Qisqasi, biz amaldagi siyosatning ayrim qismlarini inkor etadigan, butunlay boshqacha g‘oyalarga ega bo‘lamiz. Bizda muqobil g‘oya bo‘ladi. Biz hamma narsa bilan murosa qilamiz”, – dedi partiya rahbari.

    Alisher Qodirov odamlarning ko‘p shikoyat qilishiga qarshi ekanligini ham aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezident xalq qabulxonalariga murojaatlarning aksariyati “xalqning noqonuniy talablaridan” iborat.

    “Deputatlarga ham bunday murojaatlar kelib tushmoqda. Uyimda muzlatkich yo‘q, lekin men o‘z ovozimni palonchi deputatga bergandim, degan murojaatlar keladi. ... Va mablag‘i ko‘p partiyalar borib, muzlatkich sotib olib beryapti ham. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Xalq qabulxonalari xalqimiz taraqqiyotiga xizmat qilyaptimi yoki to‘sqinlik?”, – deydi deputat.

    “Milliy tiklanish” yetakchisi muammolarni shu tarzda hal qilish odamlarni bir xil dunyoqarashga ega bo‘lib qolishiga olib keladi deb hisoblaydi.

    “Bizning partiyamiz xalq qabulxonalarini sud tizimi bilan birlashtirish g‘oyasini ilgari suradi. Unda har bir murojaat sudga murojaat sifatida ko‘rib chiqiladi va unga huquqiy baho beriladi. Shaxs sudga murojaat qilib, o‘z huquqini talab qiladi”, – deydi Qodirov.

    Alisher Qodirovning fikricha, vakolatli organ murojaatning “to‘g‘riligini” aniqlashtiradi, so‘ng sudga ko‘rib chiqish uchun topshiradi yoki sababini tushuntirib rad etadi.

    Deputatning qayd etishicha, “Milliy tiklanish” partiyasi prezidentlikka nomzodini iyun oyida e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Saylov kodeksiga muvofiq, siyosiy partiya prezidentlikka nomzodni saylov kampaniyasi boshlangani to‘g‘risida e’lon qilingan kundan to‘rt oydan kechiktirmay taqdim etishi kerak (agar partiya Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa). Saylov kampaniyasining o‘zi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida amaldagi prezidentlik muddati tugashidan uch oydan kechiktirmay e’lon qilinadi.

    “Bizning maqsadimiz saylovchilarimizni ba’zi syurprizlar bilan ajablantirish emas. Biz, albatta, ushbu saylovlardan natija kutmoqdamiz, nimagadir erishmoqchimiz. Nomzodga kelsak, biz buni ko‘rib chiqyapmiz. Siz mendan yaxshiroq bilasiz, bu oson bo‘lmaydi. Hammasi oddiy emas. Ammo bizning nomzodlarimiz jamiyatimizda nimani o‘zgartirish kerak bo‘lsa, shuni ilgari suradi. Ushbu g‘oyalar endi bizning maxsus guruhimiz tomonidan yopiq eshiklar ortida ishlab chiqilmoqda”, – dedi u.

    Deputat partiyada nomzodlarning “aniq ro‘yxati” mavjudligiga e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra, “Milliy tiklanish” ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan takliflarni himoya qila oladigan partiyadan yagona nomzodni aniqlash uchun boshlang‘ich (partiyaviy saylovlar) o‘tkazish rejalashtirilgan.

    “Raqobatchilar oddiy bo‘lmaydi. Bunga aminman ... Biz boshqalar bilan raqobatlashishga tayyormiz. Biz o‘zimiz biron narsaga erishishni xohlaymiz. Saylovda odamlarga, agar bizning nomzodimiz g‘olib chiqsa, nimalar sodir bo‘lishini tushuntiramiz. Bizda vaziyatni o‘zgartiradigan aniq takliflar bor”, – dedi u.

    Alisher Qodirov amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning xizmatlarini ham ta’kidlab o‘tdi, ammo “shunchaki minnatdorlik tufayli u bilan raqobatlashmaslik”ni noto‘g‘ri deb hisoblaydi.

    “Ushbu o‘zgarishlar uning siyosiy irodasi bilan bog‘liq. Men Prezident bilan bir necha uchrashuvlarda bo‘lganman. U chin dildan raqobatlash, ol, qil, deydi. Bu odam haqiqatan ham O‘zbekistonni o‘zgartirishni xohlaydi”, – dedi deputat.

    Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonunni qabul qilgandi.

    Qonundagi bandlardan biri bilan Prezident, Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Jo‘rqorg‘i Kengesi, shuningdek, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari uchun o‘tkaziladigan saylovlar sanasi dekabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasidan oktabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasiga ko‘chirildi (2021-yilda ushbu sana 24-oktabrga to‘g‘ri kelmoqda).

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2021-yilda o‘tkaziladigan “davlat va xalq hayotidagi muhim siyosiy hodisa” — prezidentlik saylovlari masalasiga to‘xtalib o‘tgandi. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev Markaziy saylov komissiyasi “bo‘lajak saylovlarning milliy qonunchilik va umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratishi” lozimligini ta’kidlagandi.

    Bundan avval O‘zbekistonda saylovchilarning Yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilgani hamda O‘zbekistondagi saylov byulletenida nomzodning egallab turgan lavozimi va ish joyi ko‘rsatilmasligi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

    07.06.2021, 20:12   Izoh (0)   28654
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent davlat yuridik universitetiga kiritib qo‘yish uchun 10 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

    07.06.2021, 19:42

    Toshkentda piyoda Lacetti urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

    07.06.2021, 19:11

    O‘zbekistonda necha kishi koronavirusga qarshi to‘liq bosqichlarda emlangani ma’lum qilindi

    07.06.2021, 18:41

    “Bu mutlaqo mumkin emas”. O‘zbekiston musulmonlari idorasi eshak go‘shti sotilishi haqida

    07.06.2021, 18:25

    Qo‘qonda bolalar bog‘chasining oshpazi pora bilan ushlandi

    07.06.2021, 17:55

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    07.06.2021, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.