Koronavirusga test olish markazida ishlaydigan Tiffani Uayt ismli melburnlik shifokor itlar uchun Instagram ijtimoiy tarmog‘ida akkaunt ochishga qaror qildi, deb xabar beradi Esquire.

Foto: Instagram / @Swabdogsofinsta

Ko‘plab insonlar testdan o‘tish uchun itlari bilan keladi. Tiffani esa ushbu holatni rasmga olib, Instagram’da o‘z egalarini sabr bilan kutayotgan hayvonlarning suratlaridan iborat sahifani to‘ldirib boradi. U loyihani Swab dogs deb atagan.

Uaytning aytishicha, u doimo bemorlarning hayvonlariga e’tibor qaratgan va bu borada nimadir ish qilishi kerakligini qat’iy rejalashtirib kelgan. “Koronavirus pandemiyasi vaqtida juda qattiq charchaganimiz sabab biror ijobiy narsa qidirishga urinardik. Va biz buni topdik”, — deydi shifokor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar o‘z itlarini suratga olishayotganidan xursand. Hozirda akkauntning 426 ta posti va 10,5 mingdan ortiq obunachisi bor. Quyida o‘z egasini kutayotgan ayrim jonivorlarning suratlari keltirilgan:

Foto: Instagram / @Swabdogsofinsta

Foto: Instagram / @Swabdogsofinsta

Foto: Instagram / @Swabdogsofinsta

Foto: Instagram /@Swabdogsofinsta

Foto: Instagram / @Swabdogsofinsta

Foto: Instagram / @Swabdogsofinsta

Foto: Instagram / @Swabdogsofinsta

Foto: Instagram / @Swabdogsofinsta

Foto: Instagram / @Swabdogsofinsta

Foto: Instagram / @Swabdogsofinsta

Foto: Instagram / @Swabdogsofinsta

Foto: Instagram / @Swabdogsofinsta