Pomidor va tvorog qovoqcha bilan yanada yangicha ta’mni hosil qiladi.
Kerakli mahsulotlar:
- qovoqcha — 2—3 dona;
- tvorog — 200—300 gramm;
- pomidor — 5 dona;
- pishloq — 150 gramm;
- ko‘kat, zaytun va sarimsoq.
- Qovoqchalar uzunasiga kesib olinadi va qizargunga qadar qovuriladi.
- Pishloq qirg‘ichdan o‘tkazilib, tvorog bilan aralashtiriladi.
- Ustidan tuz va maydalangan sarimsoq qo‘shiladi.
- Nachinka qovoqchalarga qo‘yib chiqiladi.
- Yoniga bir bo‘lak pomidor qo‘yib, rulet shaklida o‘raladi.
- Ustidan mayda to‘g‘ralgan ko‘kat sepib, zaytun bilan bezak beriladi.