O‘zbekistonda 5-iyun kuni jami 40 799 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shulardan 18 581 nafari birinchi bosqichda, 19 862 nafar fuqaro ikkinchi bosqichda, 2356 nafar fuqaro esa uchinchi bosqichda emlangan.
Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 2 335 997 doza vaksinadan foydalanildi, ularning 860 117 dozasi ikkinchi, 8742 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 467 138 nafarni tashkil etmoqda.
5-iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Andijon viloyati (6024 doza),
- Toshkent viloyati (5040 doza),
- Namangan viloyati (4977 doza) band qildi.
- Farg‘ona viloyati (289 105 doza),
- Namangan viloyati (275 212 doza),
- Andijon viloyati (268 996 doza),
- Samarqand viloyati (219 854 doza) egalladi.
Mamlakatda iyun oyi oxirigacha 4 million kishini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan.
Mavzuga doir: Maktabgacha ta’lim vaziri koronavirusga qarshi emlandi