Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 4-iyun kuni jami  51 607 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shulardan 22 748 nafari birinchi bosqichda, 26 521 nafar fuqaro ikkinchi bosqichda hamda 2338 nafar fuqaro esa uchinchi bosqichda emlangan.

Foto: SSV matbuot xizmati

Foto: SSV matbuot xizmati

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 2 295 198 doza vaksinadan foydalanildi, ularning 6386 dozasi uchinchi va 840 255 dozasi ikkinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 448 557 kishini tashkil etmoqda.

4-iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Andijon viloyati (6870 doza),
  • Namangan viloyati (6412 doza),
  • Toshkent viloyati (5069 doza) band qildi.
Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni
  • Farg‘ona viloyatida 287 723 doza,
  • Namangan viloyatida 270 235 doza,
  • Andijon viloyatida 262 972 doza,
  • Samarqand viloyatida 216 339 dozani tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda iyun oyi oxirigacha 4 million kishini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. Birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori insonlar, tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari hamda surunkali xastaliklar kuzatiladigan fuqarolar koronavirusga qarshi emlash jarayonlarida ishtirok etayotgan edi. 31-maydan boshlab ushbu ro‘yxatga chet elga o‘qishga boradigan talabalar, ommaviy axborot vositalari (jurnalistlar, blogerlar), yozuvchilar, teleradiokompaniyada xizmat qiluvchi xodimlar qo‘shildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi