Fransiya poytaxti Parij shahridagi Eyfel minorasini yashin urdi. Bu haqda BFMTV ma’lumotlariga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Parij manzaralarini tez-tez suratga oluvchi fotograf Bertran Kulik soat 04:30 da (Toshkent vaqti bilan soat 07:30) minoraga yashin kelib urilganini suratga oldi.
Suratda chaqmoqning minoraga urilganini, minoraning uchi bulutlar ichida ekanini aniq ko‘rish mumkin. Shuningdek, fotograf Parij osmonidagi chaqmoqlarning boshqa fotosuratlarini ham e’lon qildi.
Nashrning xabar berishicha, Eyfel minorasini bir yilda o‘rtacha to‘rt marta chaqmoq uradi.
Izoh (0)