Avstraliyalik olimlar mevalarni iste’mol qilishi ikkinchi darajali qandli diabet yuzaga kelish ehtimolligini 36 foizga qisqartirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Journal of Clinical Endocrinology and Metabolism jurnalisda chop etilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Biz meva iste’mol qilish va insulinga ta’sirchanlik markerlari orasidagi bog‘liqlikni topdik. Bundan kelib chiqadiki, ko‘proq meva yeydigan insonlar organizmdagi glyukoza miqdorini kamaytirish uchun ko‘proq insulin ishlab chiqarishi kerak. Bu juda muhim, chunki giperinsulimnemiya — qondagi insulin miqdorining ortib ketishi — nafaqat diabet bilan, balki yuqori qon bosimi, semirish va yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga ham bog‘liq. Sog‘lom diyeta va hayot tarzi ostida nazarda tutilayotgan mevalar iste’moli — bizda ikkinchi darajali qandli diabet paydo bo‘lish xavfini kamaytirishning to‘g‘ri usulidir”, — deudi tadqiqot muallifi Nikola Bondonno.
Edit Kouen universiteti vakillari 7675 nafar avstraliyalikning ma’lumotlarini talil qilib chiqqan va mevalar hamda meva sharbatlarining iste’molini diabet tarqalishi darajasiga bog‘liqligini baholagan. Tadqiqot besh yil davom etgan.
Aniqlanishicha, minimum ikki porsiya — 300 gramm meva iste’mol qilganlarda yarim porsiya meva yeganlarga qaraganda insulinga yuqori sezgirlik paydo bo‘ladi. Biroq sharbat borasida bu kabi tafovut kuzatilmaydi, bunga uning tarkibida shakar ko‘pligi sabab bo‘lishi mumkin.
“Mevalar nafaqat vitamin va minerallarga, balki insulinga sezgirlikni oshiradigan fitokimyoviy moddalarga ham boy hisoblanadi. Mevalar qonga shakar so‘rilishini, shuningdek, to‘qlik tuyg‘usini his qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, aksariyat mevalarning glikemik indeksi past — mevadagi shakar organizmga hazm qilinib, unga sekin so‘riladi”, — deydi Bondonno.
Avvalroq olimlar ochlikni o‘chirib qo‘yadigan “tugma”ni topgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)