2-iyun kuni soat 10:00 larda Samarqand viloyati Urgut tumanida “Gazel” avtomobili jarlikka tushib ketgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Omonqo‘ton” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1031-kilometrda harakatlanib kelayotgan “Gazel”ning radiator suvi qaynab, tik balandlikda to‘xtagan.
Haydovchi avtomashinani qo‘l tormoziga qo‘yib, suvga tushgan vaqtida, avtomashina harakatlanib, jarlikka tushib ketgan. Hodisa natijasida avtomashinaga moddiy zarar yetgan. Jarohat olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Urgut tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Paxtachida piyodaga yo‘l berish uchun to‘xtagan Nexia’ning orqasiga Isuzu kelib urilgani, Namanganda uxlab qolgan Nexia haydovchisi YTH oqibatida vafot etgani, Toshkentda ikki avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir piyoda halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)