Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning Dnepr shahrida istoqmat qiluvchi avtomobil ishqibozlari o‘z qo‘llari bilan haqiqiy poyga sportkarini yig‘di. Bunda poyga mashinasining asosini eski “ZAZ-968” modeli tashkil etgan, deb xabar beradi CARakoom.

Foto: CARakoom

Foto: CARakoom

Loyiha mualliflarining birinchi darajadagii vazifasi — ikki eshikka ega orqa motorli mashinaning og‘irligini maksimal darajada yengillashtirish bo‘lgan. Buning uchun kuzovning ayrim qismlarini yangi elementlarga almashtirishga to‘g‘ri kelgan.

Masalan, mashinaning kapoti va asosiy optikasi o‘zgargan. Salonidagi barcha ortiqcha buyumlardan, hatto orqa divandan voz kechilgan. Old o‘rindiqlar ham ancha yengil va xavfsiz sport “kovshlariga” almashtirilgan. Bundan tashqari, saloniga poyga uchun mo‘ljallangan barcha qurilma va datchiklar o‘rnatilgan.

Foto: CARakoom

Foto: CARakoom

Shundan so‘ng, xavfsiz po‘lat karkas va kuchaytirilgan yurish qismi orqali avtomobilga katta ishonch berilgan. Muhandislarning so‘zlariga ko‘ra, mashina yomon yo‘llarda ham harakatlanishga qodir. Shu sababli poyga “ZAZ”iga keng shinalar “kiygizilgan”.

Foto: CARakoom

Foto: CARakoom

Ralli “Zaporojets”ini yengillashtirish maqsadida unga yangi porshnlar va maxovik, T-simon lapanlar va klapnlar prujinasining titanli “tarelka”lari o‘rnatilgan. Oxir-oqibat standart “ZAZ” motori oldingi 45 ot kuchi o‘rniga 60 ot kuchini taqdim eta boshlagan. Bu avtomobilni soatiga 140 kilometr tezlikda harakatlanishini ta’minlagan.

Foto: CARakoom

Foto: CARakoom

Ma’lumot uchun, “ZAZ-968” modeli 1971-yildan 1994-yilga qadar ishlab chiqarilgan. U “ZAZ-966” modelining o‘rnini egallagan bo‘lib, ko‘p jihatdan uni takrorlagan.

Avvalroq Britaniya auksionida 52 yillik “Zaporojets” 11 ming dollarga sotilayotgani, 34 yil garajda turgan “Zaparojets” 6500 dollarga baholangani, Ukrainada “Zaporojets” Zazerati “superkari”ga aylantirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi