Shavkat Mirziyoyev 2-iyun kuni Surxondaryo viloyati faollari bilan muloqot chog‘ida savol berish, muammo va takliflarni o‘rtaga tashlashni so‘rab, bunga qarshi bo‘lganlar xiyonatchi bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
“Surxondaryoda Toshkentga bog‘liq bo‘lgan birorta muammo qolgani yo‘q. Hammasini viloyatning o‘zida hal qilsa bo‘ladi… Prezident kelsin, hal qilib bersin, deb o‘tiraversak, muammolar o‘z yechimini topmaydi”, — degan u.
Shuningdek, davlat rahbari vazirlar viloyatdagi muammolarni hal qilish choralarini ko‘rmagunicha poytaxtga qaytmasligini qo‘shimcha qilgan.
Yig‘ilishda yoshlar masalalariga ham e’tibor qaratilgan.
“Alisher (Sa’dullayev) yoshlar bilan gaplashib, nima muammolari bor, ular nima qilishni istayapti, qaysi sohaga o‘z hissasini qo‘shmoqchi, qanday takliflari bor, shularni o‘rganib, bir haftadan keyin takliflarni kiritadi”, — degan Prezident.
Shavkat Mirziyoyev ushbu yig‘ilishda Toshkent ko‘mak berishi kerakligi, lekin viloyatlar o‘z aravasini o‘zi tortishi kerakligini, 60 ta sektor rahbari 100 foiz ish vaqtini mahallada o‘tkazishi kerakligini ham aytgan.
Mavzuga doir:
- “Surxondaryo viloyatida infratuzilmani yaxshilash uchun 1,9 trillion so‘m mablag‘ ajratilyapti” — Shavkat Mirziyoyev
- Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi qator tumanlarda ochiladigan yangi tadbirkorlik subyektlarini soliqlardan ozod etishni taklif qildi
- Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda yangi institut faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi
Izoh (0)