• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda yetakchilardan bo‘lgan O‘zbekiston 2021-yilda ushbu mevaning importyoriga aylandi

    O‘zbekistonda o‘rik mavsumi bo‘lishiga qaramay, 2021-yilda ushbu mevaning eksporti deyarli amalga oshirilmayapti, deb xabar beradi EastFruit nashri.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Nashr tahlilchilarining ma’lum qilishicha, ichki bozorda o‘rik yuqori narxda ekani va qo‘shni Tojikistonda nisbatan arzonligi sababli, bu yil qo‘shni mamlakatdan ushbu meva import qilinmoqda. Shunday qilib, o‘rik eksporti bo‘yicha jahon miqyosidagi yetakchilardan biri hisoblangan O‘zbekiston ayni damda uning importchisiga aylangan.

    Bunga fevral oxiri va mart o‘rtalarida mamlakatda kuzatilgan sovuq havo sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bu danakli mevalar, ayniqsa, o‘rik hosiliga katta zarar yetkazgan. Mutaxassislar tomonidan, fevral oyi oxiridagi noqulay ob-havo tufayli o‘rik hosili boy berilishi ehtimoli kamida 60-65 foizga baholangan edi. Shu bilan birga, yetkaziladigan haqiqiy zarar bundan ham ortiq bo‘lishi taxmin qilingan.

    Bularning barchasi bozordagi real vaziyatda o‘z tasdig‘ini topmoqda. Ayni vaqtda iqtisodiy jihatdan O‘zbekistondan Rossiyaga o‘rik eksport qilishdan ma’no yo‘q.

    Chunki 21-may holatiga ko‘ra, Moskvada o‘rikning o‘rtacha ulgurji narxi 2,74 dollarni tashkil etgan. Bu vaqtda esa O‘zbekiston ichki bozorida o‘rik narxi kilosi uchun 26 ming so‘mdan 58 ming so‘m atrofida bo‘lgan (2,5—5,5 dollar). Bundan kelib chiqadiki, O‘zbekistondagi narxlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,5 baravarga yuqori.

    Tojikistonda esa o‘rikning bir kilogrammi 0,79—1,06 dollar atrofida baholanmoqda, ya’ni O‘zbekistonga nisbatan 3—5 baravar arzon. Tojikistonda o‘rik narxining nisbatan ancha pastligiga qo‘shimcha omillardan biri, yaxshi hosildan tashqari, Qirg‘iziston bilan chegaraning to‘liq yopilishidir. Chunki odatda, eksport Qirg‘iziston orqali amalga oshiriladi. Ammo Tojikistonda o‘rikka ko‘proq quritilgan meva tayyorlash uchun e’tibor qaratiladi, unga ho‘l meva bozori mahsuloti sifatida qaralmaydi. Shu sababli, Tojikiston o‘rigi eksporti, asosan, Qozog‘iston va Rossiya bozorlarida O‘zbekiston o‘rik eksportining o‘rnini bosa olmayapti.

    Shuningdek, O‘zbekistondan o‘rik eksportining deyarli yo‘qligi tufayli 2021-yil Rossiyada o‘rikning ulgurji narxi 2020-yilga nisbatan yuqori, ammo bu o‘sish atigi 25 foizni tashkil etmoqda, xolos. Chunki Turkiya Rossiya bozorida ayni paytda raqobat yo‘qligi sabab asosiy yetkazib beruvchiga aylangan. Turkiyalik bog‘bonlar ayni vaqtda yaxshigina pul ishlamoqda, eksportchilar esa FCA shartlarida bir kilogramm o‘rik uchun 1,5—1,6 dollar “so‘rayapti”.

    2021-yilda Yevropa Ittifoqida o‘rik hosili 2020-yilga nisbatan 20 foizga, 2015—2019-yilga qaraganda esa 40 foizga kamayishi hamda Moldovada mavsum ikki haftaga kechikayotgani — bu mavsumda Turkiya uchun o‘rik bozori juda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Rossiya uchun esa ushbu mavsumda Turkiyadan tashqari o‘rik import qiladigan muqobil boshqa mamlakat yo‘q.

    EastFruit ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilga qadar o‘rik mevalar orasida eng tez o‘sib borayotgan O‘zbekiston eksport mahsuloti bo‘lib, uning miqdor ko‘rsatkichi har yili deyarli bir yarim baravar o‘sgan.

    Ma’lumot uchun, 2020-yil O‘zbekistondan o‘rik eksporti rekord darajaga — 74,5 ming tonnaga yetgan, 2019-yil – 58 ming tonna, 2018-yil – 43 ming tonna, 2017-yil esa 23 ming tonnani tashkil etgan. Shunday qilib, O‘zbekiston o‘rik eksporti bo‘yicha jahonda Ispaniyadan keyin — ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda bog‘bonlar gilos, o‘rik, uzum va bodom hosilidagi yo‘qotishlarni 30 foizdan 80 foizgacha baholamoqda. Bu ularning narxiga ham ta’sir qilishi mumkin

    01.06.2021, 12:40   Izoh (0)   32945
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shovvozsoyning quyi oqimi chiqindiga to‘lgani aytilgan xabarga munosabat bildirildi

    01.06.2021, 12:10

    O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 600 so‘mga qaytdi

    01.06.2021, 11:47

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 2 mln dozadan oshdi

    01.06.2021, 11:41

    DXX Buxoro, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan bir necha shaxsni qo‘lga oldi

    01.06.2021, 11:26

    Rossiya va O‘zbekiston 10-iyundan ikki mamlakat o‘rtasidagi aviareyslar sonini oshiradi

    01.06.2021, 11:11

    “Haj va Umra masalasida yakuniy qaror qabul qilinmagan” — O‘zbekiston musulmonlari idorasi

    01.06.2021, 10:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.