Dubayda dam olish vaqtida tugamaydigandek tuyiladigan binolar qurilishining shovqini, sohilidan ko‘rinib turadigan qo‘shni mehmonxona yoki yangi qurilayotgan bino manzarasi ta’tilni ta’tildek qilmaydi deb o‘ylaydiganlarning fikri Caesars Palace haqida ma’lumotga ega bo‘lgandan keyin o‘zgarishi aniq.

Foto: Harper’s Bazaar

Las-Vegasdagi mehmonxonalar kompaniyasi tomonidan asos solingan Caesars Palace Dubai kurorti ko‘ngilochar maskanlarni o‘z ichiga olishi bilan mashhur sanaladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Kurort bir necha mehmonxona: 267 ta standart va 34 ta lyuks nomerlari bor Julius Tower, romantik dam olish uchun mo‘ljallangan va 149 ta standart va 45 ta lyuks nomerlari bor Palace Tower’ni o‘z ichiga oladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Xohlovchilar go‘zal tabiat ko‘rinib turadigan katta oyna va balkonli The Residences’da to‘xtashi ham mumkin. O‘ziga xos dizayn va eng sara interyerlar eng yuksak didli kishini ham o‘ziga mahliyo qilmay qolmaydi.

Foto: Harper’s Bazaar

Dubayning akvatoriyasi Bluewaters orolida joylashgan kompleks hududida restoran, qahvaxona, o‘yin maydoni bilan birga, ko‘ngilochar markaz va bog‘lar, shuningdek, balandligi 210 metrni tashkil qiladigan dunyodagi eng katta charxpalak Ain Dubai ham bor. U yerga borgan odam nafaqat orolni, balki mehmonxonani ham tark etishni istamaydi.

Foto: Harper’s Bazaar

Hududda mashhur oshpaz Gordon Ramzining Hell’s Kitchen’i bilan jami 12 ta restoran va bar joylashgan. Tashrif buyuruvchilar e’tiboriga dengiz mahsulotlari va go‘shtdan tayyorlanadigan taomlar menyusi taqdim qilinadi. Sharq oshxonasi shinavandalariga Zhen Wei restoraniga kirib, pekincha o‘rdakni tatib ko‘rish, ko‘ngli kokteyllarni tusaganlarga esa Havana Social Club’ga borish tavsiya qilinadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Paru nomli yapon mehmonxonasi tomidan quyosh botishini tomosha qilish, kunduzi esa Cove Beach sohilidan uzoqqa ketmay, Caesars Palace Dubai hududida tushlik qilish mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Dam olish maskani mukammal dizaynlashtirilgan orolda joylashgani sabab Dubayning bosha mehmonxonalaridan farq qiladi. Fors ko‘rfazining ufq bilan tutashib ketgandek cheksiz tuyiladigan manzara ko‘rinib turadigan sohilda shahardagi qurilishlar ko‘zga tashlanmaydi.

Foto: Harper’s Bazaar

Go‘zallikdan bahra olish va ko‘ngil yozish bilan birga, bu yerga tashrif buyurgan mehmonlarga eng sifatli spa-muolajalari ham taqdim etiladi. Caesars Palace Dubai mehmonxonasidagi Qua Spa markazi jismoniy va emotsional salomatlikni tiklash uchun qadimgi amaliyot va zamonaviy texnologiyalarni birlashtirgan holda turli usullarni taklif qiladi. Masalan, Iyashi Dome muolajasi davomida infraqizil nurlar organizmni toksinlardan tozalaydi va hatto ortiqcha vazndan qutulishga ham yordam beradi.