• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Haj va Umra masalasida yakuniy qaror qabul qilinmagan” — O‘zbekiston musulmonlari idorasi

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistoni hukumati ayrim talablar asosida insonlarga Haj safari uchun ruxsat berishga qaror qilgani to‘g‘risida tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

    Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatning Jidda shahrida joylashgan Bosh konsulxonasidagi Haj va Umra masalalari bo‘yicha attashesi bilan doimiy muloqot qilib, muborak safarlar bilan bog‘liq har bir jarayonni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shu kunlarga qadar, Saudiya Arabiston hukumati Haj va Umra safarlarini boshlashga oid biror-bir yakuniy bayonotni e’lon qilgani yo‘q.

    “Ta’kidlash kerakki, Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar va xizmat ko‘rsatish markazi ham ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Haj mavsumini o‘tkazishga ruxsat berilgani, unga xorijdan 45 ming nafar ziyoratchi qabul qilinishi haqidagi xabarlarga raddiya berib, ‘Haj – 2021’ mavsumini tashkil qilish va chetdan hojilar qabul qilishga doir hukumat qarori keyinroq e’lon qilinishini ma’lum qildi”, — deyiladi munosabatda.

    Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi (GACA) sayohat va boshqa maqsadlarda mamlakatga tashrif buyuruvchi chet elliklar (kirish to‘xtatilmagan mamlakatlardan kelganlar) uchun tibbiy-sanitar va epidemiologik shartlar to‘g‘risida yo‘riqnoma ishlab chiqargan. Unga ko‘ra, mamlakatga kirishda har bir chet el yo‘lovchisidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ro‘yxatidan o‘tgan Pfizer/BioNTech (AQSh—Xitoy), Oxford—AstraZeneca (Buyuk Britaniya–Shvetsiya), Moderna (AQSh) vaksinalarining ikki dozasi va Johnson & Johnson (AQSh) vaksinasining bir dozasini qabul qilganlik haqida maxsus sertifikat talab qilinadi.

    Vaksina sertifikatlari kelayotgan yo‘lovchilarga emlashni amalga oshirgan davlatning rasmiy sog‘liqni saqlash idoralari tasdiqlashi va oxirgi dozani olish muddati (ikki dozali emlashning ikkinchi dozasi yoki bitta dozali emlashning birinchi dozasi) SAPga sayohat qilishdan 14 kundan kam bo‘lmasligi kerakligi belgilangan. Har bir vaksina sertifikatlari podshohlikning nazorat punktlarida tekshiruvdan o‘tkaziladi.

    “Yuqoridagi kabi talablarga javob bermaydigan yo‘lovchilar belgilangan manzilga, jo‘nab ketgan joylariga qaytarib yuboriladi va yo‘l xarajatlarini aviakompaniya o‘z zimmasiga oladi. Ushbu qoidalarga rioya qilmaslik sayohatchilarga Saudiya Arabistoniga kirish taqiqlanishidan tashqari, qonuniy majburiyatlarni ham yuklaydi. Izolyatsiya bo‘yicha ko‘rsatmalar yoki karantin qoidalarini buzgan fuqarolar va rezidentlar 200 ming riyol (53,2 ming AQSh dollari) miqdorida jarima yoki ikki yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi va takroriy buzilgan taqdirda, jazo ikki baravar ko‘paytiriladi. Saudiyalik bo‘lmagan qonunbuzarlar podshohlikdan deportatsiya qilinadi va shaxsga nisbatan jazo ijro etilgandan keyin ularning mamlakatga kirishiga taqiq qo‘yiladi”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj va Umra safarlarga oid o‘rganishlarni davom ettirgan holda muborak safarlar bilan bog‘liq xabarlarni rasmiy nashrlarda e’lon qilinishini ma’lum qiladi.

    Eslatib o‘tamiz, mart oyida ijtimoiy tarmoqlarda 2021-yilgi Haj mavsumiga ruxsat berilgani, buning uchun ziyoratchilar emlangan bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ushbu masalada Din ishlari bo‘yicha qo‘mita murojaat bilan chiqib, Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan hozirga qadar hech qanday rasmiy qaror e’lon qilinmaganini ma’lum qilgandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda Haj va Umra safariga qachon ruxsat berilishi mumkinligi ma’lum qilindi

    Avvalroq Saudiya Arabistoni Haj vazirligi 5-aprel kuni Ramazon oyida COVID-19’ga qarshi emlangan ziyoratchilar uchun muqaddas joylarni ziyorat qilishga ruxsat berishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.

    01.06.2021, 10:46   Izoh (0)   20714
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

    01.06.2021, 10:33

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 160 kishida koronavirus tasdiqlandi. Bu 17-maydan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkich

    01.06.2021, 10:25

    Foto: Toshkentdagi Milliy bog‘ o‘rnida qurilgan attraksionlar parkidagi mushakbozlik

    01.06.2021, 10:22

    O‘zbekistonda ilk bor urug‘siz qora tarvuz navi yetishtirildi (video)

    01.06.2021, 10:10

    Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘prik o‘rniga aylanma yo‘l o‘tkazgich quriladi

    01.06.2021, 09:26

    Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi

    01.06.2021, 09:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.