• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Shifokor retseptisiz qabul qilish xavfli bo‘lgan 6 vitamin

    Bugungi kunda vitaminlar deyarli har qanday kasallikning oldini olish uchun universal vosita deb hisoblanadi va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar har bir internet portalida mavjud. Ammo shuni yodda tutish kerakki, ularning ko‘pchiligini mutaxassisga murojaat qilmasdan qabul qilish organizm uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Vitaminlar sog‘liq uchun juda muhim bo‘lgan biologik faol birikmalardir. Vitaminlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning aksariyati bizning tanamizda shakllanmagan, shuning uchun ularni doimiy ravishda tashqaridan oziq-ovqat yordami bilan ta’minlash kerak. Biroq oziq-ovqatdan ham yetarli miqdorda vitamin olish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud. Bunday hollarda ushbu muhim moddalarning ma’lum miqdorini o‘z ichiga olgan qo‘shimchalarni buyurish mumkin. Ammo hamma vitaminlarni ham shifokorning retseptisiz olish mumkin emas. Ulardan ba’zilari nazoratsiz qabul qilinganda tanaga jiddiy zarar etkazishi mumkin.

    D vitamini

    D vitamini butun dunyo bo‘ylab ancha mashhur bo‘lib qoldi. Tarkibi va ta’siri bo‘yicha ushbu modda gormonlarga o‘xshaydi. D vitamini kalsiy metabolizmida muhim rol o‘ynaydi, ichakdagi kalsiyning singishini va organizmdan chiqarilishini kamaytiradi. Shuningdek, kalsiyning suyak to‘qimalariga kirib borishiga yordam beradi, suyaklarning mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.

    D vitamini kalsiy almashinuviga ta’sir qilishdan tashqari, ayniqsa, prenatal davrda immunologik holatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi, ya’ni aslida u autoimmun jarayonlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Virusli va bakterial infeksiyalarga chidamliligini oshirish, saraton va qandli diabet xavfini kamaytirish nuqtayi nazaridan immunitet tizimiga ta’siri borligi isbotlangan.

    Shuni ta’kidlash kerakki, bu kasallikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmaslik emas, balki faqat xavfni kamaytirish bilan bog‘liq, chunki kasallikning rivojlanishiga boshqa omillar ham ta’sir qiladi. D vitamini tanaga oziq-ovqat bilan kiradi, shuningdek, quyosh nurlari ta’sirida terida sintezlanadi. Baliq, tuxum, sariyog‘da oz miqdorda D vitamini mavjud bo'lib, ular kunlik ehtiyojni qondira olmaydi.

    Preparatni nazoratsiz qabul qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: giperkalsimiya – qonda juda ko‘p kalsiy to‘planib qoladigan holat va uning tomirlar yoki yumshoq to‘qimalarda cho‘kishi. D vitaminini haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish buyrakda toshlar paydo bo‘lishi va hatto sinish xavfining ortishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    E vitamini

    Aslida, bu nafaqat bitta vitamin, balki yog‘da eriydigan vitaminlarning butun guruhidir. U bug‘doy urug‘i, avokado, yong‘oq, kungaboqar urug‘i va turli xil sabzavotlarda uchraydi. E vitaminining yetarli miqdori o‘simlik moylarida mavjud.

    E vitaminining asosiy ta’siri antioksidantdir. U hujayralardagi peroksidlanishning oldini oladi va immunitetni oshirishda, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari va yallig‘lanishdan himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.

    Ammo E vitaminining yuqori dozalari qon ivishiga xalaqit berib, qon ketishiga olib kelishi mumkin. Bu, ayniqsa, qonni suyultiruvchi dorilarni, masalan, aspirin, shuningdek, gemorragik insult yoki jigar kasalligiga chalingan odamlar uchun juda xavflidir.

    C vitamini

    C vitamini suvda eruvchan vitamin hisoblanadi, shuning uchun u odatda organizmda qolmay, peshob bilan ajralib chiqadi. Mazkur vitamin deyarli barcha o‘simlik mahsulotlarida – ayniqsa sitrus mevalar, bulg‘or qalampiri va brokkolida uchraydi.

    C vitamini to‘qimalarning o‘sishi va tiklanishiga yordam beradi, immunitet tizimiga ta’sir qiladi, kollagen sintezini rag‘batlantiradi, serotonin hosil bo‘lishida ishtirok etadi va shuningdek, antioksidant xususiyatlarini namoyish etadi.

    Ba’zi odamlarda C vitaminining yuqori dozalari diareya, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, gastrit, charchoq, qizib ketish, bosh og‘rig‘i va uyqusizlik kabi alomatlarga olib kelishi mumkin va ularni shifokor bilan maslahatlashmasdan ichish mumkin emas. Surunkali jigar yoki buyrak kasalligi, podagra yoki buyragi tosh tufayli bilan og‘rigan insonlar C vitaminini yuqori dozalarini qabul qilmasliklari kerak.

    A vitamini va beta-karotin

    A vitamini – bu ko‘rish qobiliyati uchun ajralmas bo‘lgan kuchli antioksidantdir. U suyak, tish, terilarni sog‘lom shakllantirish va saqlashda ishtirok etadi. Tuxum, go‘sht va sut mahsulotlari kabi hayvonot mahsulotlarida uchraydi. Beta-karotinning manbalari: to‘q sariq va sariq rangli mevalar va sabzavotlar, quyuq yashil bargli sabzavotlar.

    A vitaminining katta dozalarda nazoratsiz ishlatilishi homilador ayollar uchun, ayniqsa, dastlabki bosqichlarda xavflidir. Chunki bu homila yetishmovchiligi xavfining ortishi bilan bog‘liq. Vitamin antioksidant xususiyatlariga qaramay, uzoq vaqt davomida A vitamini, beta-karotin va E vitaminini iste’mol qilish chekuvchilarda o‘pka saratoni xavfi ortishi bilan bog‘liqdir.

    Folik kislota (vitamin B9)

    Yangi hujayralarni shakllantirish uchun juda muhimdir. Homiladorlikning boshida qabul qilinganda homila tarkibida miya va umurtqa pog‘onalarida nuqsonlarning oldini olishga yordam beradi. Yurak kasalligi xavfini kamaytirishi mumkin. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, folatning yetarli miqdori DNK xatolarini to‘g‘rilash orqali saraton o‘smalarining rivojlanishidan himoya qilishi mumkin, ammo foliy kislotasining ko‘pligi mavjud o‘smalarning o‘sishiga ham yordam beradi. B9 vitaminining manbalari: sabzavotlar, ayniqsa, quyuq yashil, yangi uzilgan mevalar, jigar, dengiz mahsulotlari va tuxum.

    Vitamin B6

    Mazkur vitamin ham bir qancha metabolik jarayonlarda qatnashadi, yurak xastaligi rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Serotonin sintezida,uxlash jarayonida, ishtahani va kayfiyatni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi, gemopoezda qatnashadi. Kognitiv qobiliyat va immunitet funksiyasiga ta’sir qiladi. Go‘sht, baliq, parrandachilik, kartoshka, sitrus bo‘lmagan mevalarda uchraydi.

    Bir yil yoki undan ko‘proq vaqt davomida ko‘p miqdordagi B6 vitaminini iste’mol qilish periferik asablarga zarar yetkazishi va suyak og‘rig‘i, mushaklarning zaiflashishi, uyqusizlik, oyoq-qo‘llaridagi mushaklarning majburiy qisqarishi va yurishning qiyinlashuviga olib kelishi mumkin.

    Shunday qilib, vitaminlarni qabul qilish, ba’zida hatto sog‘liqqa xavfli bo‘lishi mumkin. Vitaminlarni qabul qilishni boshlashdan oldin yetishmovchilik alomatlarini aniqlashda yordam beradigan shifokor bilan maslahatlashish kerak. Shuningdek, ularni aniqlash uchun zarur bo‘lgan tekshiruvlardan o‘tish kerak. Laboratoriya tekshiruvlari bilan qonda deyarli barcha vitaminlarni aniqlash mumkin. Agar tahlillarda muammo aniqlansa, shifokor davolanish va yetishmovchilikning oldini olish uchun kerakli dozani hisoblab chiqadi.

    Mavzuga doir:

    • Organizmda kaliy yetishmasligidan darak beruvchi 8 simptom
    • Bahor uchun vitaminlar: Kayfiyat ko‘tarilishi, teri, tirnoq va sochlar sog‘lom bo‘lishi uchun nima qilish kerak?
    • D vitamini yetishmasligidan darak beruvchi simptomlar

    31.05.2021, 20:25   Izoh (0)   25736
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yozda ko‘zlar duch keladigan 6 ta xatar

    31.05.2021, 14:21

    Yurak faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yashirin sabablar

    31.05.2021, 08:54

    Bosh miya ichki bosimi oshganidan darak beruvchi simptomlar

    30.05.2021, 14:57

    Nonushta qilmaganda organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

    29.05.2021, 08:44

    Muammo uyingizda: aksirishning 11 sababi

    28.05.2021, 17:49

    Ratsiondan chiqarish tavsiya etiladigan yuqori kaloriyaga boy zararli shirinliklar (foto)

    28.05.2021, 14:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Katta miqdorda qarzdorlikni to‘lamasdan kelgan — “O‘zbektelekom” Humans ishi bo‘yicha munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 09:55

    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

    Reklama | 5 iyun, 09:46

    Har kuni bir piyola qahva ichish qariganda sog‘lom bo‘lish ehtimolini oshiradi — 30 yillik tadqiqot

    Salomatlik | 5 iyun, 09:32

    Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 09:08

    Tramp 12 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqladi

    Dunyo | 5 iyun, 08:46

    Qo‘qonda kadastr inspektori 150 ming dollarni noqonuniy olayotganda qo‘lga tushdi (video)

    O‘zbekiston | 5 iyun, 08:34

    Millatlar Ligasi. Ronalduning goli Portugaliyani finalga olib chiqdi (video)

    Sport | 5 iyun, 07:16

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.