Rezavor meva va yoqimli pishloq ta’mining birgalikdagi mazasidan bahramand bo‘ling.
Kerakli mahsulotlar:
- qulupnay – 150 gramm;
- qaymoqli pishloq – 220 gramm;
- shakar upasi – 40 gramm;
- vanil ekstrakti – 1 choy qoshiq;
- tost noni – 6-8 dona;
- tuxum – 3 dona;
- sut – 80 ml;
- shakar – 2 osh qoshiq;
- dolchin – 1 osh qoshiq;
- sariyog‘ – 4 osh qoshiq.
- Qulupnay katta-katta bo‘laklarga bo‘linadi. Shakar upasi, pishloq va vanil bilan aralashtiriladi.
- Aralashma nonning yarmiga surtiladi va ikkinchi non bo‘lagi uning ustidan yopiladi.
- Alohida idishda tuxum, sut, shakar va dolchin aralashtiriladi.
- Tovada yog‘ qizdirilib, sendvichlar tuxumli aralashmaga botirib olinadi. So‘ngra qizargunga qadar qovuriladi.
- Qolgan sendvichlar ham xuddi shu tarzda tayyorlanadi.
Izoh (0)