• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senat o‘qotar qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasini rad etdi

    Senatorlar kun tartibidagi yana bir muhim “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini muhokama qildi.

    Senator Farhod Boqiyevning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi “Qurol to‘g‘risida”gi qonunda fuqarolik va xizmat quroli hamda o‘q-dorilar sohasida litsenziyalash va ruxsatnoma berish vakolati Milliy gvardiya organlariga yuklatilgan. Biroq fuqarolik va xizmat quroli hamda o‘q-dorilarni saqlash qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat, aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha chora ko‘rish esa ichki ishlar organlariga yuklatilgan.

    Farhod Boqiyevning qayd etishicha, xorijiy davlatlarda qurol muomalasi sohasidagi munosabatlar, ya’ni litsenziyalash va ruxsatnoma berish hamda ularning talablariga rioya etilishini nazorat qilish vakolati yagona davlat organiga topshirilgan.

    “Shu sababli respublikamizda ham qurol sohasida litsenziya va ruxsatnoma berish hamda nazorat qilish funksiyalarini yagona davlat organiga o‘tkazish zaruriyati mavjud”, — degan Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi.

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Ta’kidlanishicha, qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti va qonun loyihasi tashabbuskorlari tomonidan O‘zbekistonda qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi “Qurol to‘g‘risida”gi qonunning amaldagi ijrosi, uning normalarini qo‘llashda vujudga kelgan muammolar tahlil qilinmagan.

    Jumladan, joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar mamlakatda “Qurol to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi va o‘qotar qurolning muomalasi bilan bog‘liq qator tizimli muammolar aniqlandi.

    Xususan, hozirgi kunga qadar qurolga egalik qilishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar ro‘yxati tasdiqlanmagan.

    O‘qotar ov quroliga egalik qilish uchun fuqaroga nisbatan tibbiy cheklovlar mavjud bo‘lsa-da, uning spirtli ichimliklarga ruju qo‘yganligi, giyohvandlikka mubtalo bo‘lganligi tegishli ruxsatnoma olish uchun to‘sqinlik qilmaydi.

    Shuningdek, qurol egalarini tibbiy cheklovlar bo‘yicha davriy ravishda tekshirish, ular bilan birga yashovchi fuqarolar orasida ruhiy kasallikka chalingan, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan, giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlariga e’tibor qaratish mexanizmlari mavjud emas.

    Shu bilan birga, o‘qotar ov qurollari hamda pnevmatik va o‘zini o‘zi himoya qilish qurollari bilan kirish ta’qiqlangan obyektlar uchun umummajburiy tartib o‘rnatilmagan.

    Ushbu holatlar, o‘z navbatida turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunga misol qilib, so‘nggi yillarda dunyo mamlakatlarida qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq ro‘y berayotgan salbiy holatlar, shu jumladan kuni kecha Rossiyaning Qozon shahrida maktabda sodir etilgan ayanchli holatni keltirildi.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, senatorlar qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti hamda qonun loyihasi tashabbuskorlari tomonidan sohada vujudga kelgan muammolarni kompleks tahlil qilib, so‘ngra amaldagi “Qurol to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonunchilik normalarini tubdan takomillashtirish masalasini o‘rganib chiqish va shundan so‘nggina Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda javobgarlik choralarini belgilash maqsadga muvofiq deb hisobladi.

    Senatorlar tomonidan qonunda tartibga solinadigan jamoatchilik munosabatlarining muhimligi va ahamiyatini e’tiborga olinib, “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    Bundan avval O‘zbekistonda qurol uchun ruxsatnoma qanday tartibda olinishi ma’lum bo‘lgani, Senat Prezident Davlat xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi qonunni ma’qullagani hamda senatorlar O‘zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlagani haqida xabar berilgandi.

    30.05.2021, 10:11   Izoh (0)   11454
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida “KamAZ” yuk mashinasi Isuzu bilan to‘qnashib ketdi

    30.05.2021, 09:10

    Sergelini shahar markazi bilan bog‘lovchi 49 mln dollarlik yo‘l qurilishi sabab Toshkentdagi chorrahalardan biri haydovchilar uchun vaqtincha noqulaylashadi

    30.05.2021, 08:51

    Qamashi tumaniga 12 yil hokimlik qilgan Rashid Muhammadiyev vafot etdi

    30.05.2021, 08:35

    Chang bo‘roni sabab Buxorodan kelayotgan charter reys Toshkentga qo‘nolmadi

    30.05.2021, 08:14

    Internetda “Vodiylik bo‘lganimiz aybimizmi?” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Toshkent IIBB ma’lumot berdi

    30.05.2021, 07:22

    Toshkent metrosigacha tushgan “Andijon muzqaymog‘i”, Germaniyadagi “oltin bosh”, pushti rangga kirgan ko‘l. Hafta suratlari

    29.05.2021, 23:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.