Odatda ayollar to‘ylarga alohida tayyorgarlik ko‘radi. Albatta, fotosessiya va makiyaj borasida nihoyatda ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qiladi... Ammo Osiyo ayollari bu borada boshqalardan anchagina farq qiladi. Sharqda kelinlar to‘y fotosessiyasi uchun shu darajada makiyajni amalga oshiradiki, to‘y kuni kelinni hech kim tanimasligi ham mumkin.
Aslida, yorqin makiyaj injiqlik emas, balki, avvalo, milliy urf-odatning o‘zgarmas qismidir. Masalan, Indoneziya va Tailandda kelinlar har xil rangdagi qimmatbaho va naqshlarga boy matolardan tikilgan ko‘ylaklarni kiyib yuradi va fata o‘rniga o‘ziga xos milliy toj kiyadi yoki ro‘mol o‘raydi. Shu bilan birga, vizajist yordamida alohida obraz yaratadi.
Mavzuga doir:
- To‘y fotosessiyasida kadrga muhrlangan noodatiy suratlar (foto)
- Ayollarga go‘zal va yosh ko‘rinishiga hissa qo‘shadigan vizajistning ijod namunalari (foto)
- Vaqt mashinasi: Vizajist makiyaj yordamida ayollarni 10 yilga yoshartirdi (foto)
- Mukammal makiyajdan so‘ng fotoshopning keragi ham yo‘q. Isboti — suratlarda (foto)
Izoh (0)