• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ozarbayjon chegarada olti nafar armanistonlik harbiyni asirga oldi

    Armaniston Qurolli kuchlarining razvedka-diversiya guruhi Armaniston—Ozarbayjon chegarasini kesib o‘tishga uringan olti nafar armanistonlik harbiyni asirga oldi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “27-may kuni, taxminan, soat 03:00 da, Armaniston Qurolli kuchlarining razvedka-diversiya guruhi Armaniston—Ozarbayjon davlat chegarasini Kelbajar tumani Yuxari Ayrim aholi punktiga qarab kesib o‘tishga urindi”, — deyiladi xabarda.

    Vazirlik, shuningdek, qo‘lga olingan Armaniston harbiylari Ozarbayjon armiyasi pozitsiyalariga olib boruvchi ta’minot yo‘llarini minalashga uringanini ta’kidladi. Bundan tashqari, chegarada Armanistonning harbiy texnikasi, xususan, tanklari to‘plangani aytilmoqda.

    Noyabr oyida imzolangan uch tomonlama shartnomaga binoan Kelbajar viloyati Ozarbayjonga berilgan edi. Respublika 25-noyabr kuni rasman mintaqa ustidan nazorat o‘rnatgan.

    Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ushbu voqeani izohlar ekan, Armaniston bir muncha vaqtdan beri chegaraoldi mintaqalardagi tanglikni atay kuchaytirish siyosatini olib borayotganini aytdi. “Armaniston Qurolli kuchlari razvedka guruhining Ozarbayjon hududiga kirib borishi, bu hududni minalashtirish va diversiyaga urinishlari terrorchilik hisoblanadi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

    Armaniston Mudofaa vazirligi olti nafar harbiy xizmatchi qo‘lga olinganini tasdiqladi, ammo vazirlik voqea Armaniston hududidagi Gegarkunik viloyati chegara zonasida muhandislik ishlari olib borilayotgan paytda yuz berganini bildirdi.

    “27-may kuni erta tongda Armaniston Qurolli kuchlarining olti nafar harbiy xizmatchisi respublikaning Gegarkunik viloyati chegara zonasida muhandislik ishlarini olib borayotgan payt Ozarbayjon Qurolli kuchlari ularni qurshovga olib, asirga olgan. Asirdagi harbiy xizmatchilarni qaytarish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

    Armaniston Tashqi ishlar vazirligi o‘z navbatida Ozarbayjonning harakatlarini provokatsion deb atab, ular vaziyatni yanada keskinlashtirishga qaratilganini aytdi. Vazirlik “bu mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka jiddiy putur yetkazishi mumkin” deb ogohlantirdi.

    Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyanning izoh berishicha, hibsga olingan olti nafar harbiy xizmatchi Ozarbayjon bilan chegarani tartibga solish va ogohlantirish belgilarini o‘rnatgan holda minalashtirish ishlarini olib borayotgan edi.

    Pashinyan bu ishda buzg‘unchilik maqsadi bo‘lmaganini ta’kidladi. Shuningdek, u Armaniston harbiylarining qo‘lga olinishini o‘g‘rilik deb atadi. “Bunday hodisalar yuz berib turadi, chunki ayrimlar bizni o‘z hududimizda Ozarbayjon harbiylari borligiga ko‘nikishimizni istaydi, ammo bunday bo‘lmaydi”.

    Uning ta’kidlashicha, Ozarbayjon harbiylari zudlik bilan Armaniston hududini tark etishi kerak.

    Mavzuga doir:

    • Pashinyan Ozarbayjon bilan yangi bitim tuzilayotganini ma’lum qildi
    • Pashinyan Ozarbayjonni Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilishda aybladi
    • Ozarbayjon Armaniston bilan chegaradagi keskinlik fonida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi

    27.05.2021, 18:56   Izoh (0)   13536
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiyada “olimpiyacha” shtamm paydo bo‘lishi mumkin, Rossiyada uy hayvonlarini COVID-19’ga qarshi emlash boshlandi, amerikalik ayol emlanganlar uchun lotereyada

    27.05.2021, 18:08

    Norozilik namoyishlari va navbatlar: Suriyada prezident saylovi qanday o‘tdi? Fotoreportaj

    27.05.2021, 16:11

    Lukashenko Putin uning ruxsatisiz Bayden bilan Belarusni muhokama qilgani uchun kechirim so‘raganini aytdi

    27.05.2021, 14:35

    Harbiylar tomonidan hibsga olingan Mali prezidenti va bosh vaziri iste’fo berdi

    27.05.2021, 13:59

    Nigeriyada kema ag‘darilishi oqibatida 150 dan ortiq odam cho‘kib ketdi

    27.05.2021, 11:28

    AQShda temiryo‘l deposida otishma sodir etildi. 8 kishi halok bo‘ldi (video)

    27.05.2021, 10:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.