AQShdagi Disneylendda joylashgan restoranlarning birida dunyodagi eng qimmat sendvich paydo bo‘ladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mazkur sendvich narxi 99,99 dollarni tashkil etadi. Uni Kaliforniya shtatidagi Anaxaym kurorti menyusiga kiritish rejalashtirilgan.
Yegulik ichidan dudlangan cho‘chqa go‘shti, salyami (kolbasa turi), rukola (karamdoshlar oilasiga kiruvchi o‘simlik), quritilgan pomidor, Provolonye pishlog‘i va Marinara sousi o‘rin oladi. Buderbrod qovurilgan fokachcha (italyancha bug‘doy noni) bilan dasturxonga tortiladi. Katta senvich 6—8 kishiga mo‘ljallangan.
Shu orqali bir kishi uchun sendvich narxi o‘rtacha 14,49 dollarni tashkil etadi.
Shuningdek, menyuda katta-katta qovurilgan non burdalari va ulkan frikadelkali Sezar salati paydo bo‘ladi. Restoran interyeri “Chumoli-odam va ari” filmi sujeti asosida jihozlanadi.
Avvalroq amerikalik ayol uy sharoitida qanday qilib McDonald’s gamburgerini tayyorlashni ko‘rsatgandi.
Izoh (0)