Turkiyalik taniqli qo‘shiqchi Tarkan OAVga unga 143 ming dollar olishi mumkin bo‘lgan konsertdan nega bosh tortganini ma’lum qildi, deb yozadi “RusTurkey.com”
Keng tarqalgan xabarga ko‘ra, xonandaning konserti O‘zbekistonda rejalashtirilgan edi, dastur uchun tashkilotchilar unga 143 ming dollar pul taklif qilgan. Tarkanning konsertdan voz kechishi esa rezonansga sabab bo‘ldi va u shundan keyin buning sababini tushuntirishiga to‘g‘ri keldi.
“Mening rad etishim na mamlakat bilan, na to‘lov bilan va na mening kayfiyatim bilan bog‘liq. Hammasi koronavirus pandemiyasi tufayli. U tugamaguncha va hayot butunlay normallashgunga qadar men ijro etmayman”, — deydi qo‘shiqchi.
Eslatib o‘tamiz, Tarkan turkiyalik qo‘shiqchi, muallif va prodyuser. Turkiyada u “Pop shahzodasi” sifatida taniqli bo‘lib, konsertlar paytida o‘zining shoulari bilan millionlab muxlislar orttirgan. Xonanda 19 million nusxada sotilgan platina albomlarini chiqargan. U birinchi bo‘lib Turkiyadan The World Music Awards mukofotini olgan yagona musiqa ijrochisi bo‘lib qolmoqda.
Izoh (0)