• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Farzandingizning yozgi ta'tilini shahar muhitida maroqli o‘tkazish uchun 10 g‘oya

    May oyi oxirida o‘quv yili ham tugaydi va yozgi ta’til boshlanadi. Deyarli ko‘pchilik bu vaqtda farzandi bilan nima qilishni va uning bo‘sh vaqtini qanday qilib to‘g‘ri tashkil qilishni bilmay, boshi qotadi. Agar bola yozda shaharda vaqt o‘tkazsa-chi? Bu borada bir necha tavsiyalar berib o‘tamiz.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shahar oromgohiga yuborish

    Afsuski, ota-onalarga farzandlari uchun oromgohga chipta olishlari har doim ham oson bo‘lmaydi. Ko‘pchilik ota-onalar bolasini uzoq joyga yuborishni xohlamaydi. Maxsus shahar yoki maktab lageri bo‘lsa boshqa gap. Bunday holda ota-ona bolasidan tashvishlanmaydi. Bolalar har kuni turli ekskursiyalarga boradi, o‘ynaydi va ijodiy ishlar bilan shug‘ullanadi. Eng muhimi, ular o‘qituvchi va yetakchilar nazorati ostida bo‘ladi.

    Biror kasb yoki hunar o‘rgatish

    Bolani yozgi ta’tilda band qilishning yo‘llaridan biri — bu master-klass yoki to‘garakka yozilishdir. Hozirda kurslarning ko‘plab variantlarini topishingiz mumkin: pazandachilik, dizayn, rasm chizish, dasturlash, robototexnika. Bunda bola dam olishi va yangi narsalarni o‘rganishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, yozda ko‘pincha turli xil festival va yarmarkalar o‘tkaziladi. Tadbirlar jadvalini bilib oling va bolangiz bilan boring.

    Volontyor bo‘lish

    Agar bola 11-13 yoshda bo‘lsa va o‘zini haqiqiy kattalar faoliyatida sinab ko‘rmoqchi bo‘lsa, ko‘ngilli sifatida ishlashi mumkin. Bundaylar ommaviy tadbirlarda, tabiatni muhofaza qilishda, hayvonot bog‘ida yoki hayvonlarga boshpana topishda doim kerak bo‘ladi. Bola hayvonlar bilan do‘stlashish yoki sevimli o‘yinchisi bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu variant rasmiy ish topish imkoniyati bo‘lmagan bolalar uchun juda mos keladi.

    Chet tilini o‘rganish

    Yozni samarali o‘tkazishning yaxshi usuli — bu yangi narsa o‘rganishdir. Ta’til paytida bolangizni chet tili kursiga yoki til o‘rgatish lageriga berishingiz mumkin. Maktab o‘quv dasturidan tashqaridagi yozgi tadbirlar juda foydali, ayniqsa, ular o‘yin shaklida tashkillashtirilsa.

    Diqqatga sazovor mahalliy joylarga ekskursiya uyushtirish

    Ta’tilda farzandlaringiz uchun diqqatga sazovor joylarga ekskursiya uyushtirishingiz mumkin. Buning uchun marshrutga oldindan tayyorlashingiz va vaqtni rejalashtirishingiz muhim. Bular shahar bog‘lari, suv havzalari, muzeylar va turli xil tarixiy joylar bo‘lishi mumkin.

    Sirli topshiriq berish

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Farzandingizning do‘stlarini kvest o‘yinini o‘ynashga taklif qiling. Marshrut xaritasini tuzing va qiziqarli vazifalar tanlang. Masalan, xazinani yashirishingiz mumkin va bolalar uni qidirishadi. Buning uchun kichkina quticha tayyorlang va ichiga “qimmatbaho narsalar” — xat, o‘yinchoq, tangalarni solib qo‘ying. Bunday kvest bolalar uchun haqiqiy sarguzashtga aylanadi.

    Fotoalbom yasash

    Farzandingizga surat olishni o‘rgating. Unga o‘zini qiziqtirgan har qanday narsani suratga olishi mumkinligini ta’kidlang. Birgalikda har bir kun uchun turli xil tematik vazifalarni ishlab chiqing. Masalan, “Mening sevimli o‘yinchoqlarim” yoki “Mening do‘stlarim” kabi. Keyin bolangizga har bir suratga izoh yozish va albomga yopishtirish imkoniyatini bering. Shunday qilib, farzandingizning yoz haqidagi o‘z xotiralar kitobi bo‘ladi.

    Film suratga olish

    Agar bolangiz ijod qilishni yaxshi ko‘rsa, siz haqiqiy mini-film yoki video yaratishingiz mumkin. Oldindan ssenariy ishlab chiqing yoki tayyor variantlardan foydalaning. Bolangiz do‘stlari bilan maslahatlashishi va rollarni taqsimlashi lozim. Siz esa joy tanlashda va sahna bezaklarini o‘rnatishda yordam berishingiz mumkin. Bu fikr keyinchalik juda yoqimli xotiraga aylanadi.

    Sport bilan shug‘ullanish

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Agar farzandingiz mashg‘ulot va sportni yaxshi ko‘rsa, uni yangi sport turini o‘zlashtirishga taklif qilishingiz mumkin. Yozda ko‘plab sport turlari mavjud: ot minish, tog‘ga chiqish, velosiped yoki rolikli konkida uchish, futbol, ​​badminton va boshqa ko‘plab variantlar. Bola, albatta, bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazadi.

    Tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish

    Shaharda yashasangiz ham, tabiat qo‘ynida farzandlaringiz bilan vaqt o‘tkazing. Masalan, shahar bog‘ida. Yozning issiq kunida piknik uchun qulay joy tanlang, qiziqarli o‘yinlar tashkillashtiring va kunni quvnoq o‘tkazing.

    Mavzuga doir: 

    • Farzandingizga ingliz tilini samarali o‘rgatish uchun 5 ta layfxak
    • Bolalarda quruq yo‘tal paydo bo‘lishining sabablari va davolash usullari
    • Qirollik oilasining bolalari rioya qilishi kerak bo‘lgan g‘ayrioddiy 12 ta qoida
    • Bolani qanday qilib qo‘lda ko‘tarmaslikka o‘rgatish mumkin? Toliqqan onalar uchun ko‘rsatmalar

    25.05.2021, 17:23   Izoh (0)   16302
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Soch quritishda foydalaniladigan oddiy fenning ko‘pchilikka noma’lum jihatlari

    24.05.2021, 20:57

    8 ta layfxak: kosmetik paxta “yostiqcha”laridan yana qachon foydalanish mumkin?

    24.05.2021, 11:56

    Behuda xavotirlanish va tashvishlanishga qanday yechim topsa bo‘ladi?

    22.05.2021, 21:46

    Ortiqcha pul sarflashga hojat yo‘q: Supermodellardan jilokor sochlar uchun 5 tavsiya

    22.05.2021, 15:48

    Original atirni qalbaki atirdan ajratish uchun 7 tavsiya

    22.05.2021, 10:43

    Dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 9 xato

    21.05.2021, 16:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.