Paxta “to‘p”lari yoki “yostiqcha”lari har bir ayolning kosmetik javonida mavjud. Shuningdek, ko‘pchilik ularni faqat makiyaj yoki tirnoqdagi bo‘yoqni olib tashlash uchun ishlatilishi mumkin, deb o‘ylaydi. Lekin bunday emas.

Foto: “Domashniy ochag”

Suv dog‘larini ketkazadi

Dog‘ bo‘lgan jo‘mrak yoki dushning qismlarini sirka bilan namlangan paxta “yostiqcha”si bilan artib olish mumkin. Juda qiyin holatlarda uni dog‘ ustiga bir necha daqiqaga qo‘yish tavsiya etiladi.

Hammom hidini yo‘qotadi

Paxtadan tayyorlangan “to‘p” yoki “yostiqcha”larga bir necha tomchi efir moyi (dolchin, apelsin va boshqalar) tomdiriladi va ularni oyna oldidagi kichik idishga joylashtiriladi. Natijada hammom nafis hid bilan to‘ladi.

Tanani tinchlantiradi

Sirka eritmasi yoki soda eritmasiga botirilgan paxta yostiqchasi hasharot chaqqanidan so‘ng qichishish yoki quyosh nurida kuygan terini tinchlantirish xususiyatiga ega.

Marker izlarini yo‘qotadi

Agar bolalar o‘zlarini marker bilan bo‘yashga odatlansa, sutga botirilgan paxta “yostiqcha”si yordamga keladi.

Kichik joylarni tozalaydi

Agar pult yoki kompyuter klaviaturasini tozalash kerak bo‘lsa, paxta “yostiqcha”lari spirt bilan namlanadi. Yaxshilab siqib olingandan keyin eng noqulay joylar ham osongina dezinfeksiya qilinadi.

Xonaki o‘simliklarni himoya qiladi

Sirka ichiga botirilgan paxtali “sharcha”lar gul tuvaklarga qo‘yiladi, shunda uy hayvonlari o‘simliklarni tishlab tashlamaydi.

Kiyimdan ruchka izlarini bartaraf etadi

Spirtga botirilgan “yostiqcha”lar bilan ruchka izi yaxshilab artiladi va bu ularning toza bo‘lishiga yordam beradi.

Yangi uzilgan gullarni saqlaydi

Agar yangi gullarni uzoq masofaga yetkazib berish kerak bo‘lsa, suvga botirilgan paxta “yostiqcha”lari paketga solinib, guldastaning kesimigacha lenta bilan bog‘lanadi. Bu ularning namligini saqlaydi va yo‘lda ularni guldon bilan ko‘tarib ketishga hojat qolmaydi.