Samarqand viloyati Narpay tumanida yo‘lni kesib o‘tayotgan 24 yoshli yigitni yuk mashinasi urib ketdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 18-may kuni tuman hududidan o‘tuvchi M37 avtomobil yo‘lining 106-kilometrida sodir bo‘lgan. Yigit yo‘lni piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotganida katta tezlikda harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi uni urib yuborgan.
Piyoda olgan tan jarohatlari oqibatda voqea joyida halok bo‘lgan.
Bundan avval Samarqand tumanida turkiyalik haydovchi boshqaruvidagi Volvo yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 39 yoshli piyoda vafot etgandi. Shuningdek, viloyatning Past Darg‘om tumanida 71 yoshli otaxon Damas urib yuborishi oqibatida, Payariq tumanida 9 yoshli bola Damas urib yuborishi oqibatida shifoxonada vafot etgandi.
Izoh (0)