• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda 500 dollar pora olmagan IIB xodimi 10 mln so‘m bilan mukofotlandi

    Buxoro hamda Qoraqalpog‘istonda pora olmagan Ichki ishlar organlari xodimlari taqdirlandi. Bu haqda IIB matbuot xizmatlari xabar qildi.

    Ma’lum qilinishicha, ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha 500 AQSh dollar pora taklif qilayotgan fuqaro haqida belgilangan tartibda xabar bergan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimi 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgan.

    Foto: Buxoro IIB

    Foto: Buxoro IIB

    Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan fuqaro S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositasini saqlash) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha, fuqaro S.X. Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Utemuratovga bir necha marotaba, o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sudga yubormaslik evaziga 5 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

    Podpolkovnik A.Utemuratov Qoraqalpog‘iston IIV rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilib, o‘z bildirgisida, fuqaro S.X.ga pora berish jinoyat ekani, jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir nechta marta tushuntirib, ogohlantirishiga qaramasdan, pora taklif qilib kelayotganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

    Ushbu bildirgiga asosan, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.X. taklif qilgan 5 000 AQSh dollar pullarni podpolkovnik A.Utemuratovga bergan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olinib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan hamda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston boshqarmasi tomonidan fuqaro S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

    Foto: Qoraqalpog‘iston IIV

    Foto: Qoraqalpog‘iston IIV

    2021-yilning 22-may kuni Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligida Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov tomonidan kasbiga sodiq bo‘lib, taklif qilgan porani olmagan podpolkovnik A.Utemuratovga pul mukofoti uning yaqin qarindoshiga vazirlik rahbariyatining tashakkurnomasi va qimmat baho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

    Podpolkovnikka mukofot tariqasida qancha pul berilgani ma’lum qilinmagan.

    Bundan avval Samarqandda 2 ming dollar pora olmagan IIB xodimiga 15 mln so‘m mukofot puli berilgani hamda Toshkent viloyatida 1000 dollar porani olmagan kadastr xodimiga 10 mln so‘m pul va sihatgohga 2 kishilik yo‘llanma berilgani haqida xabar berilgandi.

    23.05.2021, 08:10   Izoh (0)   24381
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Venetsiyadagi Saida Mirziyoyeva, kelishib olgan Isroil va HAMAS, o‘n yil o‘tib qozonilgan g‘alaba. Hafta suratlari

    22.05.2021, 23:51

    O‘zbekistonda “ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning farzandlari ham bog‘chaga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi

    22.05.2021, 23:32

    O‘zbekiston–Tojikiston demarkatsiya qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    22.05.2021, 22:49

    Toshkentda uchta yo‘l o‘tkazgich va olti polosali yo‘lni qurish 49 mln dollarga qadar qimmatlashdi

    22.05.2021, 19:39

    Sherzod Shermatov: “Hozirgi avlod yoshlari nima o‘qishini ham men, to‘g‘risi, tushunmayman”

    22.05.2021, 19:23

    Oliy ta’lim vaziri: “Ming kishilik oshlarimiz bor ekan, OTMlarga imtihonsiz qabul tizimini joriy qilib bo‘lmaydi”

    22.05.2021, 19:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.