Telegram asoschisi Pavel Durov Apple kompaniyasining foydalanuvchilarga nisbatan siyosatini keskin tanqid qildi. Uning fikricha, bu siyosat foydalanuvchilarni “raqamli qullar”ga aylantirib qo‘ymoqda. Shunday qilib, Durov The New York Times gazetasi tomonidan chop etilgan Apple’ning Xitoy ma’muriyati uchun foydalanuvchi ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha imtiyozlari haqidagi tekshiruvlariga munosabat bildirdi.
Durovning fikriga ko‘ra, Apple kompaniyasi “o‘zining ekotizimiga qamalib qolgan mijozlariga eskirgan qurilmalarni oshirilgan narxlarda sotish bo‘yicha o‘z biznes modelini samarali amalga oshirmoqda”.
Telegram asoschisining ta’kidlashicha, har safar iOS platformasi uchun messenjerni sinab ko‘rishga to‘g‘ri kelganda u o‘zini “o‘rta asrlarga tushib qolgandek” his qiladi, chunki 60 gerts kuchlanishda ishlovchi iPhone displeyi “120 gerts kuchlanishda ishlaydigan Android platformali telefonlarning yanada yorqinroq tasvirlarni uzata oluvchi displeyi bilan raqobatlasha olmaydi”.
Lekin Durov korporatsiya texnologiyalaridagi eng salbiy jihat bu uning foydalanuvchilarini “Apple’ning raqamli qullari”ga aylantirishi ekanini aytdi. “Apple sizga faqat App Store orqali o‘rnatilgan dasturlardan foydalanishga ruxsat beradi. Ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratish uchun faqat Apple iCloud’dan foydalanishingiz mumkin”, — deb izoh berdi u. Shuning uchun “Apple’ning totalitar yondashuvi Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan yuqori baholanishi tabiiy”, — deb xulosa berdi Durov.
Pavel Durov Apple va uning mahsulotlarini muntazam tanqid qilib keladi. Xususan, u iPhone foydalanuvchilarini Android’ni tanlashga chaqirib, App Store’da Telegram’ning bloklanishini Rossiya hukumatining bosimi bilan izohlagan. Keyinroq ular bilan murosaga kelgach, ularni dasturlarning tarqatilishida Apple va Google monopoliyasini cheklashga da’vat qildi.
The New York Times nashrida Apple rahbari Tim Kuk va Xitoy hukumati kelishuvga erishgani haqida aytiladi. Nashrning ma’lum qilishicha, Xitoy hukumati taqiqlagandan so‘ng Apple’ning fuqaro erkinliklari va ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash majburiyatlari haqidagi bayonotlariga qaramay, Kuk iPhone’lardagi shifrlash texnologiyasidan voz kechdi.
Mavzuga doir:
- Investorlar Pavel Durovdan TON blokcheyn-loyihasi tufayli ko‘rilgan o‘n millionlab dollar zararni qoplashni talab qildi
- Durov Telegram’da huquq-tartibot idoralari xodimlari haqida ma’lumot beruvchi kanallarni blokladi
- AQShda Telegram’ni Google Play dasturlar do‘konidan o‘chirib tashlash talab qilindi
Izoh (0)