• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi Yevropaga keluvchi fuqarolarni turli firibgarliklardan ogohlantirdi

    O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi Yevropa mamlakatlariga chiqishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni turli firibgarliklar tuzog‘iga tushib qolishdan ogohlantiradi, deb xabar bermoqda “Dunyo” agentligi.

    O‘zbekistonning xalqaro havo qatnovlari faollashib borayotgani va karantin choralari yengillashayotgani bois Yevropa mamlakatlariga, jumladan, Belgiya va Niderlandiyaga ishlash va o‘qish maqsadida borayotgan O‘zbekiston fuqarolarining soni ortayotgani kuzatilmoqda.

    Fuqarolarning aksariyati Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha, Ruminiya va Ukraina davlatlari hududidan Belgiya va Niderlandiyaga chiqish uchun tranzit zonasi sifatida foydalanishga intilmoqda.

    Bu holat G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga noqonuniy tarzda ishchi kuchini jo‘natish bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslar faoliyati bilan bog‘liq. Buning oqibatida Belgiya va Niderlandiyada vizasiz yoki ishlash, yashashga tegishli ruxsatnomasiz qurilish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda noqonuniy mehnat qilayotgan fuqarolarning safi kengayib bormoqda.

    O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston fuqarolari aksariyat hollarda mahalliy tilda so‘zlasha olmasligi, huquqiy bilimsizligi, ishonuvchanligi va boshqa sabablar bilan turli firibgarlarning tuzog‘iga ilinib qolmoqda.

    Ayrim fuqarolar bilib-bilmay ana shunday firibgarlarning aldoviga uchishi oqibatida pulidan ayrilib, begona yurtlarda qiyin ahvolga tushib qolmoqda. Yana achinarli tomoni shundaki, o‘zbekistonliklarning o‘zga davlat qonunchiligini buzgani uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilish hollari ham sodir bo‘lmoqda.

    Shu munosabat bilan, O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi Yevropa davlatlariga borishni rejalashtirayotgan mamlakat fuqarolariga murojaat qildi.

    “Yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda xorijiy va O‘zbekiston fuqarolari tomonidan tashkil etilgan, o‘z faoliyatini ijtimoiy tarmoqlar orqali vatandoshlarning guruhlarida reklama qilayotgan, xorijga ishga yoki o‘qishga jo‘natish vakolatiga ega bo‘lmagan turli uyushgan guruhlarga ishonib qolmang!

    Yevropa mamlakatlariga ishga, o‘qishga borish uchun qisqa muddatlarda rasmiy xorijiy viza va zarur hujjatlarni tayyorlab berish xizmatlarini taklif qilishganda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (71 202 3355, 71 200 0061 yoki 1282) va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari bilan maslahatlashing!

    Xorijga vaqtincha yoki doimiy yashash, ishlash va o‘qishga kelganingizda elchixonada konsullik ro‘yxatiga turishni unutmang!

    O‘zini o‘zbekistonliklarning vakili, himoyachisi sifatida ko‘rsatishga urinayotgan, turli ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri xabarlar, asossiz ma’lumotlar tarqatayotgan kimsalarning fitnalaridan ehtiyot bo‘ling!

    2020-yil pandemiya davrida elchixona konsullik okrugida qolib ketgan vatandoshlarimizga konsullik-huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatildi, ularning vizalari uzaytirib berildi, O‘zbekistonga qaytishi uchun to‘rt marta charter reysi tashkil qilindi va mamlakatga ko‘p marotaba insonparvarlik yordami yuborildi.

    Bugun diplomatiya vakolatxonasi xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga respublika hukumati tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan moddiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatmoqda.

    Yevropa mamlakatlarida huquqiy savodxonlik va madaniyatning yuqoriligi, qonunlar va davlat idoralarining samarali faoliyat ko‘rsatishini inobatga olib, chet elda bo‘lib turganingizda turli firibgar shaxslarning aldoviga tushib qolgan, ularning noqonuniy harakatidan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, xorijiy mamlakatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga yoki elchixonaning +32 2 661 2042 telefon raqami, consulat@uzbekistan.be elektron pochtasi yoki https://t.me/CONSULMFAUZ Telegram tarmog‘iga bevosita murojaat qiling!”, – deb ta’kidlangan elchixona murojaatida.

    O‘zbekiston IIV jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi nomidan foydalanib, fuqarolardan 240 ming so‘m undirilayotganidan ogohlantirgani hamda SSV aholini soxta tabiblardan ogohlantirgani haqida xabar berilgandi.

    22.05.2021, 17:18   Izoh (0)   9770
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qibraydagi qaysi mahallalar Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

    22.05.2021, 16:22

    Chiplangan, o‘zining tug‘ruqxonasiga ega, diplomli itlar: Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazidan reportaj

    22.05.2021, 15:15

    “Har qanday holatda ham men kelinchak tomondaman. Ammo mana shu voqea ortidan 7 oila ham buzilmasligi kerak”— Andijon tumani hokimi maslahatchisi

    22.05.2021, 14:26

    Egasi yo‘q muammo: imlodagi chalkashliklarga yechim kerak

    22.05.2021, 14:10

    Samarqandda qariyb 200 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi

    22.05.2021, 13:38

    Andijon shahar prokurori lavozimidan ozod etildi

    22.05.2021, 13:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.