Telegram’da Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yuz bergani aytilgan, yetti nafar xotin-qiz janjali tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, ular mayda bezorilik va karantin qoidalarini buzishda ayblangan.
“2021-yil 13-may kuni taxminan soat 14:00 da Koson tumani markazida joylashgan davlat xizmatlari binosi ro‘parasida bir guruh qizlar o‘zaro tortishib, bir-birlari bilan urishgan. Ular karantin qoidalariga amal qilmasdan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan janjallashgan.Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, janjalda ishtirok etgan fuqarolar M.Q., N.X., N.Sh., A.O., R.M., D.U., Yu.T.lar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) va 183-moddalarida nazarda tutilgan (mayda bezorilik) huquqbuzarlikni sodir etganligi aniqlangan”, — deyiladi viloyat IIB axborot xizmati rasmiy munosabatida.
Qo‘shimcha qilinishicha, to‘polonchi xotin-qizlarning xatti-harakati rasmiylashtirilib, ularga nisbatan javobgarlik masalasini hal qilishlik uchun to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudiga yuborilgan.
Izoh (0)