“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe “Real” bilan kelishib qo‘ygan, deya xabar qilmoqda futbol agenti Bruno Satin.

Foto: Twitter

O‘ylashimcha, u klubni almashtirishga tayyor. Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, Mbappe va uning oilasida “Real” bilan kelishuv bor. Avvaliga futbolchi bilan kelishuvga erishish kerak, biroq “PSJ”ning ham roziligi muhim.

Qatarlik xo‘jayinlar va “PSJ” Mbappeni qo‘yib yuborish niyati yo‘qligi ko‘rinib turibdi, shu sabab u shartnomasining oxirigacha qolishi va tekinga ketishi mumkin.

Bruno Satin, futbol agenti

Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

22 yoshli futbolchi Fransiya chempionatining joriy mavsumida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!